Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Oilaning bolalarni iqtisodiy munosabatlarga tayyorlashdagi o’rni



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə57/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Oilaning bolalarni iqtisodiy munosabatlarga tayyorlashdagi o’rni. Zamonaviy sharoitda yosh avlodning chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishi muhim o’ziga xos dolzarblik kasb etadi. Binobarin, bozor sharoitida iqtisodiy bilimlardan xabardor bo’lmaslik barcha (ayniqsa, kasbiy faoliyat, savdo-sotiq va iste’molchi sifatida maishiy xizmat ko’rsatish) sohalarida sust faoliyat ko’rsatishga olib keladi. Shu sababli ota-onalar oilada ham bolalar tomonidan iqtisodiy bilimlarning o’zlashtirilishi uchun sharoit yaratib bera olishlari lozim. Bunda oila iqtisodiyoti (oila xo’jaligini yuritish) va byudjetini shakllantirish jarayoniga farzandlarni bevosita jalb etish, qolaversa, ularda pul mablag’lariga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, “o’zining shaxsiy hamda oila a’zolarining buyumlari, shuningdek, oila mulkiga nisbatan mas’uliyatli yondashishga”85 o’rgatib borish zarur. Samarali tashkil etilgan iqtisodiy tarbiya natijasida bolalar “pulning inson mehnatiga to’lanadigan qiymat ekanligini tushuntirib berish, uni oilaning eng muhim ehtiyojlari uchun ishlatish lozimligini”86 tushunib etadilar.


Nazorat savollari:
1. Oilada tashkil etiladigan ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi nimadan iborat?
2. Ota-onalar oila sharoitida aqliy tarbiyani tashkil etishda nimalarga e’tiborni qarata olishlari lozim?
3. Sizningcha, bolalarda mehnatsevarlik xislatini shakllantirish oson kechadimi?
4. Oilada bolalarni estetik ruhda tarbiyalashda nimalar e’tiborga olinishi zozim?
4. Oilada jismoniy tarbiyani tashkil etish qanday holatlarda samarali kechadi?
5. Oila tarbiyasi negizida jinsiy tarbiya va uni samarali tashkil tashkil etish qanchalik muhim?
6. Farzandlarning ekologik ongga ega bo’lishlari uchun ota-ona qanday yo’l tutishlari zarur?
7. Oila muhitida bolalarni huquqiy savodxon qilib tarbiyalash mumkinmi?
8. Oilaning bolalarni iqtisodiy munosabatlarga tayyorlashdagi o’rni qanday?


Mavzuga oid adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2008.
2. Jamoa. Oila pedagogikasi. – Toshkent: “Aloqachi”, 2007.
3. Musurmonova O. Oila ma’naviyati – milliy g’urur G’ O’quv qo’ll. – Toshkent: “O’qituvchi”, 1999.
4. Safarov O. Oila ma’naviyati. – Toshkent: Ma’naviyat, 2009.
5. Quronov M. Oila tarbiyasi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2007.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin