Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Oilada bolalarni milliy ruhda tarbiyalash yo’llari



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə65/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Oilada bolalarni milliy ruhda tarbiyalash yo’llari. Ma’naviy va ma’rifiy barkamollikning qirralari va mezonlari qatoriga mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor ham kiradi. Mustaqillik tafakkurini har bir kishida shakllantirish nihoyatda zarur. Toki, mustaqillik tafakkuri, milliy iftixor, g’urur bo’lmas ekan, fidokorlik, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi xislatlar jo’sh urmaydi.
Mustaqillik tafakkuri keng qamrovli bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Vatan istiqloli va istiqboli haqida qayg’urish;
- xalqi, yurti qadr-qimmati, or-nomusini anglash va buni himoya qilish;
- butun mehnati, iste’dodi, imkoniyatini, zarur bo’lsa jonini
ham yurt istiqboli, xalq baxti uchun baxshida etish va b.
Mustaqillik bugungi kun yoshlariga ajdodlar tomonidan qoldirilgan ulug’ imkoniyat, boy meros, muqaddas tuyg’udir. Shunday ekan uni xoh oila sharoitida, xoh ta’lim muassasalarida bo’lsin tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonida yoshlar (bolalar) ongiga singdirib borish, uni asrashni o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Binobarin, bugungi kun yoshlari yurt mustaqilligini asrab-avaylash har bir fuqaro zimmasidagi sharafli burch ekanligini anglay olsin. Ota-onalar ham o’z navbatida oila muhitida farzandlarni yurt mustaqilligini himoya qilish, asrab-avaylashni so’zdagina emas, balki amalda ham o’z xatti-harakatlari namunasida tushuntira olishlari zarur. Bunda har bir fuqaro, shu jumladan, o’quvchilar zimmasiga yuklatilgan eng oddiy vazifalar, jumladan, o’quv fanlari asoslarini chuqur o’zlashtirish, bilimlarni puxta egallash kabilarni muvaffaqiyatli ado etish yurt mustaqilligini mustahkamlash, Vatan ravnaqi, yurt obodligini ta’minlashga qo’shilgan hissa ekanligini anglatishga e’tibor qaratishlari kerak.
Yuqorida aytib o’tilganidek, shaxs ma’naviy barkamolligining muhim ko’rinishlaridan biri – bu uning milliy iftixor tuyg’usiga egaligi sanaladi. Milliy iftixor o’z xalqining bir necha ming yillar davomida yaratib kelgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklari, tarixiy merosi, urf-odatlari, an’analari, odob-axloqi, turmush tarzi, yuksak ma’naviyati, barcha tarixiy yutuqlari va saboqlariga cheksiz hurmat va e’zoz bilan munosabatda bo’lish, avaylab-asrashdir.
O’z xalqining tarixini, milliy qadriyatlarini, tilini, istiqbol manfaatlarini bilmagan, qadrlamagan, milliy mansubligini unutgan, o’z millatining istiqboli uchun qayg’urmaydigan, kurashmaydigan kishilarda milliy g’urur ham, millat va faxrlanish ham, millatparvarlik ham bo’lmaydi. Bunday shaxslar ma’naviy barkamol sanalmaydi.
Ma’naviy barkamol insonni tarbiyalash qanchalik murakkab bo’lsa-da, biroq, bu maqsadga erishish millatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi rivojini, yuuqlarini kafolatlaydi.
Bugungi keskin va murakkab vaziyatdan tegishli xulosalar chiqarib olish kerak. Ayni vaqtda avangard bo’la oladigan yoshlarning siyosiy tashkilotini qaytadan tiklashni davr taqozo etmoqda. Ushbu tashkilot yoshlarni fidoiy, faol, bunyodkor bo’la olishlarida namuna ko’rsata olishi, ularning e’tiborlarini maishiy ikir-chikirlardan oliy maqsadlar, ulkan yaratuvchanlikka qarata olishi zarur. Bu esa o’z navbatida oila sharoitida ota-onalar tomonidan voyaga etmagan farzandlar e’tibori nimaga qaratilganligi, ularning ongida qanday g’oyalar mustahkam o’rin olganligiga qarata olishlari darkor. Ota-onalar o’z farzandlarini ularning rahbarligida yoki mustaqil ravishda o’zlarida chinakam vatanparvarlik, baynalmilallik sifatlarini tarbiyalay olishlari uchun zarur pedagogik shart-sharoitni yaratib bera olishlari muhimdir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib, ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib, esa biz ko’zlagan oliy maqsad ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin