Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə64/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Миллийлик – ўз миллатини улуғлаш ва унинг манфаатини ҳимоя қилиш, миллий ғурур ва миллий нафсоният туйғулари, ўз тили, адабиёти, маданияти ва санъати, дини, тарихи ва урф-одатлари байрам сайллари маданий маънавий қадриятларини қадрлаш, ўз туғилиб вояга етган диёрини ардоқлаш, унинг мусаффо осмони билан фахрланиш туйғуси.
Millatning o’zga millatlardan farqlovchi asosiy jihat – bu uning milliyligi sanaladi.

Mohiyatiga ko’ra “milliylik” tushunchasi “millat” tushunchasi bilan uzviy bog’liq. Har bir millatning shakllanishi, uzoq tarixga ega bo’lishi bilan bir vaqtda millatlarning o’zaro farq qiladigan jihatlari bo’ladi. Milliylik, eng avvalo, milliy ong va milliy g’ururda o’z aksini topadi.





Миллий онг деб миллатнинг тарихи, тақдири ва истиқболи билан боғлиқ манфаатлар ва мақсадларини ифодаловчи, миллат вакиллари фаолиятини мақсад, йўналишлар томон бошқариб турадиган ғоялар, фикрлар тизими.

Hal qiluvchi omil sifatida milliy ong “millatning mavjud bo’lishi, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqboli”ni belgilaydi hamda millatning “shakllanishi, uning taraqqiy etishi va abadiyligini ta’minlaydi”88. Milliy ong asoslari millat paydo bo’lgan ilk daqiqalardan shakllana borgan va uning o’zi bilan parallel ravishda rivojlanib keladi.


Milliy ong o’zida millatning orzu-niyatlari, o’y-fikrlari, hayotiy yondashuv, intilish va maqsadlarini, ijtimoiy-milliy turmush tarzi hamda tabiiy borliqqa, ijtimoiy sub’ektlarga, oilaga, farzandlar tarbiyasi hamda shaxsning o’ziga bo’lgan munosabatlari mazmunini aks ettiradi. Shu sababli oila sharoitida bolalar tarbiyasini tashkil etishda ularda milliy ongni samarali shakllantira olish dolzarb ahamiyatga ega. Yoshlarning milliy ongga ega bo’lishlari ularda milliy g’ururning samarali shakllanishiga, milliy jihatdan o’zliklarini anglashlariga yordam beradi.



Миллий ғурур – шахс, ижтимоий гуруҳнинг миллий ўз-ўзини англаши
асосида шаклланадиган аждодлари қолдирган моддий ва маънавий меросдан, ўз халқининг жаҳон цивилизациясига қўшган ҳиссаси, ўзга миллатлар олдидаги қадр-қиммати, обрў-эътиборидан фахрланиш ҳиссини ифодалови тушунча

Har bir millatning o’z-o’zini anglashi natijasida sodir bo’ladigan ichki ruhiy kayfiyati milliy g’urur uning o’zi yashaydigan zamin, o’tmishi, ajdodlar moddiy va ma’naviy merosining jahon tsivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi, o’zga millatlar oldidagi qadr-qimmati, obro’-e’tibori, xalqaro maydonda tutgan o’rnidan faxrlanish hissini ifodalovi tushuncha sanaladi.


Oila sharoitida ota-onalar tomonidan “milliy iftixor” iborasi mohiyatini so’zma-so’z anglanishi hamda bu haqida bolalarga ma’lumot berilishi ularda ushbu tuyg’uning shakllanishini ta’minlaydi. Bu o’rinda ota-onalar “iftixor” tushunchasi “ulug’ bir narsaga daxldorlikdan faxrlanish, quvonish, g’ururlanish”89 bo’lsa, “milliylik” muayyan millatga daxldorlikni ifodalashi haqida ma’lumotlarni bera olishlari zarur. Yaxlit holda esa “milliy iftixor” iborasi “o’z millati, uning tarixi, milliy qadriyat va an’analari bilan faxrlanib yashash tuyg’usidir” 90.
Milliy g’urur – milliy iftixor demakdir. Milliy iftixor millat o’zining o’zini yaxlit ijtimoiy birlik, qon-qarindoshlik, til, madaniyat, ma’naviyat, iqtisodiy hayot va kelajak birligi muayyan millat vakillarining qalbidan chuqur o’rin egallaydi. Milliy iftixor millat ma’naviy kamolotining barcha jihatlarini, merosi va bugungi qadriyatlarni o’z ichiga oladi. Milliy mustaqillik natijasida erishilgan va erishilajak iqtisodiy va ma’naviy yutuqlar ko’paygani sari O’zbekiston bilan faxrlanish hissi - milliy iftixor shunchalik ko’payib boraveradi. Milliy iftixor mamlakatimizning barcha fuqaroldari uchun birdek tegishli va uning yuksala borishi uchun barcha fuqarolar barobar ma’suldirlar.
“Milliy iftixor tuyg’usi – o’z milliy mansubligidan faxrlanish, o’z millatining boy tarixi, madaniy va ma’naviy merosidan, uning jahon tsivilizatsiyasiga qo’shgan hissassidan g’ururlanish imkoniyati. Milliy iftixor tuyg’usi – o’zligini anglash o’zgalarni tushunishga da’vat etuvchi qudrali kuch”91.
Ma’lumki, tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalab kelingan bo’lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan92 bo’lsa-da, barcha davrlarda ham milliy qadriyatlar, ularning mohiyati tarbiya jarayoniga chuqur singdirilib borilgan. Eng muhim, tarbiya jarayonida asosiy e’tibor sog’lom avlodni tarbiyalab voyaga etkazishga qaratilgan. Sog’lom avlod – jismonan baquvvat, ma’naviyati boy, axloqli, yuksak tafakkurga ega avlod.
Har jihatdan etuk, sog’lom kishilar o’zlarida asrlar davomida o’zi mansub xalq tomonidan e’zozlanib kelingan eng ulug’ fazilatlar – iymon, insof, mehr-oqibat, shafqat va rahmdillilik, uyat va andisha, or-nomus, o’zaro hurmat, yuksak Vatanparvarlik, eliga va xalqiga sadoqat kabi qadriyatlarni va g’oyalarni mujassamlashtirgan bo’lishlari lozim.
Barkamol shaxs qiyofasida quyidagi fazilatlar o’z aksini topadi:

  • ota-onasi, farzandlari, qarindoshlari, xullas butun oila a’zolari, qo’ni-qo’shnilari, mahalla-ko’yi, qishloqdoshlari va xalq farovonligi,

mamlakat obodligi va istiqboli uchun qayg’urish;

  • tevarak-atrofdagi insonlar unga kerak bo’lganligi

kabi o’zi ham ularga kerakli bo’lishga intilishi;

  • odob-axloqi, fe’l-atvorini yoqimli qilishni insoniy burch deb hisoblash;

  • ota-bobolardan, ajdodlardan yodgor bo’lib qolgan madaniy merosni qadrlash;

  • milliy qadriyatlarni e’zozlash va ularga sodiq bo’lib qolish;

  • vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg’ularining barqaror bo’lishi;

  • o’zaro muomala-munosabatda o’rnak bo’lishga moyillik,

birovning og’irini engil qilishni odat qilish;

Konstitutsiyani hurmat qilish va unga sadoqat namunalarini amalda ko’rsatish;

  • Vatanni himoya qilish, boshqacha aytganda, harbiy

vatanparvarlik tuyg’ulari bilan yashash;

  • diyonat va adolat, mehr-shafqat va ezgulikni himoya qilish;

  • va’daga vafoli bo’lish va b.

Ma’naviy barkamol inson shon-shuhrat, mansab, moddiy boylik ketidan quvmaydi, moddiy qiyinchiliklarga duch kelganda qaddi bukilmaydi, ba’zan uyushtirilgan tuhmatu-fitnalarga uning ruhini tushira olmaydi. Demak, har qanday shum taqdir va qismat pokiza, mard, ma’naviy barkamol inson ma’naviyatini buza olmaydi, balki mustahkamlaydi, chiniqtiradi. Yuksak darajadagi ma’naviyatga ega inson – fidoyilik, jasorat, mardlik, o’z xalqini sevish, Vatanni qadrlash, ajdodlaridan fahrlanish kabi olijanob fazilatlari bilan ajralib turadi. Insonning insonligi, birinchi navbatda uning ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamolligi, pokligi bilan belgilanadi.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin