Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə67/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

Kelajakka bo’lgan ishonch – bola faoliyatini aniq maqsadga yo’naltirish, uni zavqli jarayonga aylantirishga yordam beruvchi vosita hisoblanadi. Istiqbol yoshlarning ichki ehtiyojlariga javob berib, bu ehtiyojlarni milliy istiqlol g’oyasi talablari, ijtimoiy maqsad va vazifalarga muvofiq rivojlantirishga zamin yaratadi. Istiqbolning shaxs va millat manfaatlariga mos kelishi – muvaffaqiyat garovidir. Bu qoida nafaqat oila tarbiyasi, balki
bolalarning har qanday faoliyatiga taalluqlidir.
Ma’lumki, bajarilish muddatiga ko’ra yaqin, o’rta, uzoq hamda ishtirok etuvchi sub’ektlar tarkibiga ko’ra – jamoa, guruh va shaxsiy istiqbol farqlanadi. Biroq, istiqbolni turlar bo’yicha emas, balki faoliyat sabablariga ko’ra ham farqlash maqsadga muvofiq. Istiqbol qanchalik yorqinroq va mazmunliroq bo’lsa, unga muvofiq keluvchi sabablar shunchalik asosli va murakkab bo’ladi. Istiqbolning aniq ifodalanishi inson xatti-harakatlarining umumiy yo’nalishi va xarakterini belgilab beradi. Ya’ni, istiqbol harakat motivi, sababini shakllantirish va rivojlantirishning manbai bo’lib xizmat qiladi.
Shaxsning yoshi qanchalik katta bo’lsa, istiqbolning zarurati shunchalik jiddiy va murakkablikka asoslanadi. Biroq, kichik yoshdagi bolalar tomonidan anglanayotgan yaqin istiqbol ham faqatgina yoqimli omillar asosida bo’lishining oldini olish lozim.
Istiqbol, shuningdek, tashkil etilishi zarur bo’lgan faoliyatning murakkabligiga ko’ra ham farqlanadi. Chunonchi:
a) qiyinchiliklarni engishni talab qilmaydigan istiqbol;
b) qiyinchiliklarni engish bilan bog’liq bo’lgan istiqbol.
Qiyinchiliklarni engishni talab qilmaydigan istiqbollar ko’ngil ochuvchi istiqbollar sifatida tavsiflanadi. Bizning fikrimizcha, O’zbekiston Respublikasida keng ko’lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ijtimoiy mehnat faoliyatini tashkil etishda ommaviy safarbarlikka erishish, bu yo’lda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni hamjihatlikda bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilishi zarur. O’yin yoki ko’ngil ochar tadbirlar yo’nalishini ham eng muhim ijtimoiy maqsad asosida belgilash maqsadga muvofiqdir.
Agarda yaqin istiqbol o’ziga xos murakkablikka ega bo’lsa, u holda umumiy “loyiha”da o’rta istiqbol vaqt nuqtai nazardan bir qadar orqaga surilishi va unga muvofiq tashkiliy tadbirlarni belgilash taqozo etiladi.
Uzoq istiqbolni belgilash eng qiyin va muhim vazifalardan biridir. Tajribali ota-onalar bolalarning kelajagini doimo jiddiy va asosiy maqsad sifatida tan oladilar.
Bolalarning istiqbol hayotiy maqsadlarini O’zbekiston Respublikasining ravnaqi yo’lida mehnat qilishdek ijtimoiy maqsad bilan uyg’unlashtirish oila tarbiyasining muhim tarkibiy qismiga aylanishiga erishish bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Istiqbolni aniq anglash bolalarda shaxsiy manfaatlarini millat manfaatlari bilan muvofiqlashtirishga imkon beradi, buning natijasida ularning buzg’unchi, yot g’oyalar ta’siriga tushishlarining oldi olinadi.
Sobiq sho’ro pedagogikasida tarbiya jarayonini to’la boshqarib bo’lmas edi. Buning asosiy sababi nomilliy, sinfiy pedagogika g’oyalari jamiyat tomonidan to’laqonli qabul qilinmaganligidadir. Bu boradagi ziddiyat shaxsning milliy muhitdagi manfaatlari to’qnash kelib, uning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatardi. Shu bois oila tarbiyasi jarayonini tashkil etishda shunday vositalarning tanlanishi talab qilinmoqdaki, ular bolaning har tomonlama etuk, barkamol va erkin shaxs sifatida kamol topishiga xizmat qilsin.
Tarbiya jarayonini samarali boshqarishda shaxs tomonidan muayyan pedagogik andoza (namuna yoki ideal)ning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Maqbul pedagogik andoza (namuna yoki ideal)ni o’zlashtirish shaxs ehtiyojlariga mutanosib bo’lishi zarur.
Namuna (yoki ideal)ning shaxs faoliyatida o’z in’ikosiga ega bo’lishi tarbiya, shuningdek, o’z-o’zini tarbiyalash jarayonlarini boshqarishda samarali yo’llardan foydalanish imkoniyatlarini ochib beradi. O’z-o’zini tarbiyalashning bunday ko’rinishini istiqbolli namuna deb atash mumkin.
Tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli boshqarishning garovi istiqbollar, birinchi navbatda ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan jamoa istiqbollarini ilgari surishdan iboratdir. Bu jarayonda amal qilinishi zarur bo’lgan shart istiqbol mohiyatini sekin-asta murakkablashtirib borish, uning vaqti jihatidan uzoqlashuvi, shuningdek, shaxsiy, oila va millat istiqbollarning o’zaro uyg’unligiga erishishdir. Pedagogik namuna shaxsning ehtiyojlari bilan uyg’un bo’lgandagina faoliyatning ichki mazmuni bo’lib qoladi. Istiqbol mazmunan takomillashtirilib borilmas ekan, mohiyatan bir xil, oddiy istiqbollarning tez-tez takrorlanishi bolalarda hafsalasizlik va uquvsizlikni keltirib chiqaradi. Buning natijasida tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalash jarayonini boshqarib bo’lmaydigan bo’lib qoladi.
Istiqbolni ko’rsatish metodi ta’sir kuchini oshirish uchun tarbiyalanuvchilarning o’z ota-onalariga hamda ota-onalarning ta’lim muassasalarida yo’lga qo’yilayotgan pedagogik faoliyat, uning mazmuni va yo’nalishiga bo’lgan munosabatlari darajasini o’rganish talab etiladi.
Demak, ota-onalar hamda bolalar o’rtasida samimiy, o’zaro yordam va ishonchga asoslanuvchi munosabatlarni o’rnatish oila tarbiyasi jarayonini samarali boshqarishga yordam beruvchi sog’lom oilaviy muhitni yaratadi. Oila tarbiyasi jarayonini boshqarish shaxsning o’z-o’zini g’oyaviy tarbiyalashni tashkil etishning zarur shartidir. O’z-o’zini tarbiyalash jarayoni, shuningdek, bola psixologiyasining jamiyat mafkurasi asoslari bilan boyitib borilar ekan, pirovard natijada uning yo’nalishini shart qilib qo’yadi.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin