Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə43/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

8. Oilaning relaksatsiya vazifasi. Ishlab chiqarish jarayonining tezlashuvi, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlardagi kuchli raqobat zamonaviy sharoitda shaxslarda turli darajadagi zo’riqishlarni yuzaga keltirmoqda. Bu esa o’z-o’zidan oilaning relaksatsiya imkoniyatiga ega bo’lishi zarurligini taqozo etadi. Oilaning relaksatsiya vazifasi oila a’zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini yo’lga qo’yish, ruhiy-jismoniy quvvat va mehnat qobiliyatlarini qayta tiklash65dan iboratdir. Oila har bir shaxsning emotsional jihatdan to’laqonli shakllanishi mumkin bo’lgan eng qulay maskan sanaladi. Oila a’zolarining bir-birlariga bo’lgan ijobiy munosabatlari, o’zaro bir-birlarini qo’llay olishlari ularda ruhiy xotirjamlik, hissiy barqarorlikni yuzaga keltirsa, ota-onaning farzandlar salomatligi to’g’risida qayg’urishlari, mehnat vositasida chiniqtirib borishlari ularning jismoniy baquvvat bo’lishlari uchun zarur sharoitni yaratadi. Qolaversa, ma’lum muammolarga duch kelgan farzandlarga so’z vositasida dalda berish, oila a’zolarining birgalikdagi dam olishlari jarayonida ota-onaning suv hamda musaffo havo yordamida chiniqishlari uchun sharoit yaratish ularni kuchli ruhiy zo’riqishdan xalos etadi.
Mehnat qobiliyatini yo’qotgan oila a’zosi to’g’risida ota-ona va yaqinlarining qayg’urishlari, unga dalda bera olishlari, moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llab-quvvatlashlari ham uning salomatligini, jismoniy-ruhiy quvvatini qayta tiklash, mehnat jarayoniga qaytarish uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Bu esa o’z navbatida oilaning reklaksatsiya vazifasi to’la-to’kis bajarilishini tasdiqlaydi.
Oilaviy munosabatlarning oila vazifalarining bajarilishidagi ahamiyati. Oila hamda jamiyat o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega. Har bir oila jamiyat talablariga muvofiq faoliyat yuritadi. Jamiyatning rivoji esa, yuqorida aytib o’tilganidek, oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotiga bevosita bog’liqdir. Chunonchi, ijtimoiy borliqning oilalar zimmasiga qo’yadigan talablari ularning manfaatlariga zid bo’lmasa, aksincha, oilalar farovonligi, tinchligini ta’minlashga yordam bersa, oilalar tomonidan ushbu talablarning qo’llab-quvvatlanishi, ularning amaldagi ijrosini ta’minlash ko’rsatkichi shuncha yuqori bo’ladi.
Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni ko’rsatdiki, oila bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo’lib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, xarakter va dunyoqarash shakllanadi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko’radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida, oilaviy munosabatlarni tashkil etish jarayonida anglaydi.


Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin