Amaliy topshiriqlarni bajarish yuzasidan uslubiy ko’rsatmalar:
1. Talabalar matnlar bilan tanishish jarayonida zamonaviy oilalar odatda ijtimoiy, pedagogik, psixologik va huquqiy xususiyatlarni aks ettirishini yodda tutishlari kerak. Tavsiya etilgan matnlar o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy, pedagogik va psixologik xususiyatlarni namoyon etadi. Ularni aniqlash esa talabalarning zimmasiga yuklatiladi.
2. Talabalarning kichik guruhlarda ishlash asosida zamonaviy oilalarga xos bo’lgan xususiyatlarni aniqlashtirar ekanlar, “Baliq skeleti” grafik organayzeridan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir. Zero, ushbu grafik organayzer ham boshqa grafik organayzerlar kabi tahlil etilayotgan holat mohiyatini yaqqol aks ettirishga xizmat qiladi. Topshiriqni bajarishda talabalarning e’tiborlariga grafik organayzerning quyidagi namunasi taqdim etiladi:
II BOB. OILADA FARZAND TARBIYaSINING TAShKIL ETILIShI
OILA TARBIYaSINING MAZMUN-MOHIYaTI
1. Oilada tashkil etiladigan ma’naviy-axloqiy tarbiya.
2. Oilada aqliy tarbiyani tashkil etish.
3. Oilada bolalarni mehnatsevarlik va estetik ruhda tarbiyalash.
4. Oilada jismoniy va jinsiy tarbiyani tashkil etish.
5. Oilada ekologik va huquqiy tarbiyani yo’lga qo’yish.
6. Oilaning bolalarni iqtisodiy munosabatlarga tayyorlashdagi o’rni.
Tayanch tushunchalar: tizim, oilaviy muhit, ma’naviy-axloqiy tarbiya, oilada bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, oilada bolalarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, oilada tashkil etiladigan estetik tarbiya, oilada jismoniy tarbiyani tashkil etish, oila sharoitida bolalarni iqtisodiy munosabatlarga tayyorlash.
Oilada tashkil etiladigan ma’naviy-axloqiy tarbiya. Axloq barcha insoniy munosabatlarning asosi bo’lganligi sababli ijtimoiy tarbiyani negizida bolalarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi. Pedagogik manbalardan birida oilada “ijtimoiy-axloqiy me’yorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy me’yorlarning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy-axloqiy me’yorlar (talab va ta’qiqlar)ga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish maqsadi ko’zlanadi”67. Yuqoridagi fikrga tayangan holda shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, oilada yoki ta’lim muassasalarida bo’lishidan qat’iy nazar ma’naviy-axloqiy tarbiya quyidagi yo’nalishlarda tashkil etiladi:
болалар онгида одоб, ахлоқ ва ахлоқий сифатлар каби тушунчаларни шакллантириш;
мавжуд назарий тушунчалар асосида болаларда муайян маънавий-ахлоқий сифатларни шакллантириш;
болаларда ижтимоий ва табиий борлиққа нисбатан ижобий ахлоқий муносабатни шакллантириш.
Ota-onalar oila sharoitida ma’naviy-axloqiy tarbiyani uyushtirishda bolalarning eng oliy axloqiy sifatlar – ota-onani hurmat qilish, oilaning katta yoshli a’zolarga g’amxo’rlik ko’rsatish, atrofdagilarga mehr-muhabbatli bo’lish, kattalarni izzat qilish, to’g’riso’zlik, mehnatsevarlik, kamtarlik, insonparvarlik, or-nomus, g’urur, vijdon, saxiylik, har qanday jarayonda ham adolatli bo’lish, intizomlilik, ijtimoiy faollik, chin fuqarolik, oilaparvarlik va boshqalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratishlari lozim.
“Shaxsda mazkur sifatlarning qaror topishida oiladagi sog’lom muhit, oila a’zolarining psixologik jihatdan o’zaro yaqinliklari, ehtiyoj, qiziqish va hayotiy yondashuvilaridagi umumiylik, bir-birlarini har qanday vaziyatda qo’llab-quvvatlay olishlari, ota-onalar tomonidan barcha farzandlariga nisbatan qo’yilayotgan talablar, shuningdek, ularga ko’rsatilayotgan e’tiborning bir xil bo’lishi oila tarbiyasida ijobiy natijalarga erishishning omillari sanaladi. Oilada muayyan an’ananing qaror topganligi, unga oila a’zolari tomonidan bildirilayotgan hurmat, shuningdek, keksa avlod vakillarining shaxsi, ularning ijobiy sifatlari, mehnatda erishgan (garchi u oddiy bo’lsa ham) yutuqlari, atrofdagilar bilan munosabati borasidagi suhbat yoki xotiralarning tashkil etilishi bolalarda hayotiy e’tiqodning shakllanishini ta’minlaydi”68.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya negizida vatanparvarlik tarbiyasi, uni tashkil etish ham muhim o’rin tutadi. Mustaqillik yillarida oilalarda ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ham jiddiy e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Zero, mamlakat mustaqilligi va yurt ozodligi vatanparvar shaxslarning sa’i-harakatlari evaziga ta’minlanadi. Vatan mustaqilligiga erishish qanchalik qiyin bo’lsa, uni himoya qilish, mustaqillikni saqlab qolish ham shunchalik murakkab jarayondir. Shu sababli oilalar ham ta’lim muassasalari kabi mamlakat mustaqilligini himoyalashga tayyor bo’lgan vatanparvar shaxslarni tarbiyalab voyaga etkazishga o’z hissasini qo’sha olishi kerak. Oilada vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etar ekanlar, ota-onalar, eng avvalo, o’z farzandlari ongiga vatanparvarlik va vatanparvar shaxs tushunchalarini singdira olishlari lozim bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |