Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,13 Mb.
səhifə40/97
tarix01.02.2023
ölçüsü1,13 Mb.
#82247
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   97
portal.guldu.uz-OILA PEDAGOGIKASI

4. Oilaning kommunikativ vazifasi. Odatda oila hayoti uning a’zolari o’rtasida tashkil etiladigan muloqotga asoslanadi. Zamonaviy sharoitda oila a’zolari o’rtasida faol muloqotda bo’lish tanazzulga uchramoqda. Buning asosiy sabablari ommaviy axborot vositalari sonining ortib borishi, ulardan axborot tarqatish ko’lamining tobora kengayishidir. Aynan shu hodisalar tufayli har bir shaxs oila davrasida uyushtiriladigan muloqotdan ko’ra ko’proq ommaviy axborot vositalari bilan munosabatda bo’lishni ma’qul ko’rmoqda. Bu esa bir qator salbiy oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo’lyapti: shaxs tobora individuallashib bormoqda, ommaning manfaatidan ko’ra o’z qiziqish va intilishlarini ustun qo’ymoqda, o’zgalarning holatiga nisbatan befarqlik kuchaymoqda. Oila davrasida suhbatlar odatda bolalarda kattalar – ota-ona, buva-buvi va oilaning boshqa yoshi katta a’zolari namunasida atrof-muhitga, atrofdagilarga nisbatan ijobiy yoki salbiy bo’lishidan qat’iy nazar munosabatni shakllantiradi. Shu sababli farzandlar ishtirokida tashkil etiladigan suhbatlar doimo yoqimli, insonga ko’tarinki ruh bag’ishlaydigan, bolalarni harakatga, o’qib-o’rganishga undaydigan, ularda o’ziga nisbatan ishonch, atrofdagilarga nisbatan hurmatni uyg’otadigan g’oyalarga asoslanishiga e’tibor qaratish lozim. Suhbatlar mavzusining burch, mardlik, olijanoblik, saxiylik, kamtarlik, atrofdagilarga nisbatan muhabbat, bunyodkorlik, yutuqlar (qaysi sohada bo’lishidan qat’iy nazar), biror bir kishining ibratli xatti-harakatlari xususida bo’lishi bolalarda yashashga (yashaganda ham mazmunli, unumli hayot kechirishga) bo’lgan ishtiyoqni oshiradi, ertangi kunga bo’lgan ishonchni mustahkamlaydi, ularni ijtimoiy faol bo’lishga rag’batlantiradi. Oila davrasidagi suhbatlarda kimningdir salbiy xatti-harakati yuzasidan fikr bildirish mumkin. Ammo bu boradagi fikrning bolalarga ibrat uchun aytish, bu kabi hodisalardan xulosa chiqarib olish zarurligini uqtirib o’tish maqsadga muvofiqdir. Biroq, hech qachon inson shaxsini baholashga urinmaslik, ayniqsa, “uning o’zi yaramas odam”, “u hech qachon odam bo’lmaydi”, “uning ota-onasi (aka-ukasi, opa-singlisi va b.) ham yaxshi odamlar emas” kabi asosli bo’lmagan hukmlarni chiqarishga urinmaslik lozim. Ota-onalar yoki kattalarning shu taxlitda yo’l tutishlari bolalarda atrofdagilarga nisbatan ishonchsizlikning qaror topishiga sabab bo’ladi. Oxir-oqibat bolalar hamisha kimlarnidir o’zlari bilib-bilmagan holda ayblashni, boshqalarni g’iybat qilishni o’rganishadi. Bolalarni yoshlikdan boshqalar, ayniqsa, kattalarni muhokama qilmaslikka, aksincha, ko’proq o’z xatti-harakatlarini tahlil qilishga, xatolari ustida fikr yuritishga, ularni to’g’rilash yuzasidan qarorlar qabl qilishga, o’zgalarning mummolariga befarq bo’lmalikka o’rgatib borish maqsadga muvofiqdir. Shundagina bolalarda ijtimoiy sub’ektlar bilan to’g’ri, samimiy muloqotni tashkil etish ko’nikmalari shakllanadi.



Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin