142
hamkorligida o’rganib, tajribalarini ommalashtirish;
-
o’qish va ishlashni xohlamaydigan, bezorilik yo’liga kirib ketgan o’smirlarni
hisobga olib, ularga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda zarur choralar ko’rib, ota-
onalar yig’inlarida muhokama qilish;
-
tarbiya sub’ektlari bo’lmish huquqiy, tibbiy, ijodiy uyushmalar, yoshlar,
tabiatni muhofaza qilish va “Ekosan”, “Qizil yarim oy”, barcha jamg’arma va
jamoatchilik markazlari, ommaviy axborot vositalari, inson huquqlari bo’yicha
milliy markazlar, kasaba uyushmalari, nodavlat tashkilotlari, ishlab chiqarish
korxonalari, mahalliy boshqaruv idoralarining bola tarbiyasiga bo’lgan mas’uliyat
va javobgarligini muvofiqlashtirish;
-
turar joyda va mahallada olib borilayotgan barcha tarbiyaviy, ma’naviy,
ma’rifiy, madaniy-ommaviy va sport tadbirlari markazi – maktab bo’lishiga
erishish;
-
o’quvchi-yoshlar, ota-onalar, jamoatchilik bilan huquqiy tarbiyani amalga
oshirish, tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari orasida milliy mafkurani
targ’ib qilish, aqidaparastlik va milliy taraqqiyotimizga zararli g’oyalarning kirib
kelishiga qarshi murosasiz kurashishni tashkil etish;
-
ta’lim muassasalari nizomlari asosida o’quvchilarning maktabda joriy
qilingan tartibga amal qilishlarini va nizomda belgilangan o’quvchilar libosida
ta’lim va tarbiya jarayoniga qatnashishlarini ta’minlash;
-
mahallada, xotin-qizlar orasida zamonaviy bilimlarni targ’ib qilish, o’smir
yoshlarning dunyoviy bilimlarga bo’lgan intilishlarini rag’batlantirish;
-
maktab negizida pedagogik, huquqiy, psixologik, ma’naviy va ma’rifiy
bilimlar beruvchi “Ota-onalar universitetlari” faoliyatini tashkil qilish.
2. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligi mohiyatini aks
ettiruvchi klasterni yaratishda akademik guruh jamoa bo’lib ishlaydi. Klasterlar
“Klaster” grafik organayzeri vositasida yaratiladi. Bunda o’qituvchi har bir
talabaning faol ishtirok etishini nazorat qilib borishi zarur. Klasterlarni
shakllantirish jarayonida bildirilgan har bir g’oya inobatga olinadi. Yaratilgan
klasterning mazmunini muhokama qilish jarayonida esa bir-birini takrorlovchi
g’oya va fikrlar tahlil qilinadi. Takroriy bildirilgan g’oyalar aniqlanib,
takrorlanishlar bartaraf etiladi.
Dostları ilə paylaş: