Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini amalga oshirish mexanizmi. O’zaro hamkorlik ishlarini boshqarish uchun joylarda o’z
tarkibiga mahallalar faollari, obro’li ota-onalardan, o’quv-tarbiya muassasalarining
tajribali xodimlaridan, mahalla hududida joylashgan turli tashkilotlarning
vakillaridan
iborat
muvofiqlashtiruvchi
jamoatchilik
kengashlari
tuziladi.
Jamoatchilik kengashining zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, uning
tarkibida turli yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatadigan kichik tashabbuskor guruhlar
shakllantiriladi.
Jamoatchilik kengashi muayyan muddatga mo’ljallangan ish dasturiga ega
bo’ladi. Mazkur dastur mahalla Fuqarolar yig’inining yig’ilishida rasman
tasdiqlanishi zarur. Dasturda ko’rsatilgan tadbirlar rejasi davra suhbatlari, muayyan
mavzu yoki muammoga bag’ishlangan kengash (majlis)lar, anjumanlar, mahalla
aholisini birlashtiruvchi, ularni sog’lom turmush tarziga etaklovchi ko’rik-
tanlovlar, musobaqalar, bellashuvlar, uchrashuvlar va turli sanalarga bag’ishlangan
anjuman yoki tantanalardan tashkil topishi mumkin.
Belgilangan tartibga ko’ra jamoatchilik kengashi o’z faoliyati to’g’risida
mahalla ahliga har chorakda bir marotaba hisobot berib boradi. Zarurat bo’lganda
o’quv-tarbiya muassasalari, mahalla faollari, mahalla hududida joylashgan
tashkilot, korxona va idoralarning ta’lim-tarbiya yuzasidan olib borilayotgan
ishlari to’g’risida hisobotlarini tinglab, ularga amaliy va nazariy yordam ko’rsatadi.
Kengash mahalla hududida istiqomat qiluvchi, o’z farzandlari tarbiyasiga
befarq ota-onalarga nisbatan davlat boshqaruv idoralari, huquqni muhofaza
qiluvchi organlar bilan hamkorlikda turli ma’muriy choralarni qo’llash huquqiga
ega. Uning tashabbusi bilan dolzarb mavzularda favqulodda mahalla yig’inlari,
o’quv-tarbiya muassasalarining pedagogik kengashlari yoki boshqa zarur tadbirlar
tashkil etilishi mumkin. Kengash mahalla hududida o’zbek milliy tarbiya
an’analarini tiklash, turli madaniy tadbirlar o’tkazish, bolalar va kattalarning bo’sh
vaqtlarini tashkil etish borasidagi faoliyatni, shuningdek, maktablar, o’yingohlar,
madaniyat muassasalari, sport inshootlari, o’smirlar klublari, maktabgacha va
maktabdan tashqari muassasalar ishini muvofiqlashtiradi.
O’z vakolatiga ko’ra Kengash mahalla hududida tashkil etilgan tadbirlar
mazmuni va samaradorligini tahlil qiladi, ular yuzasidan uslubiy maslahatlar
tayyorlab, bu haqida ommaviy axborot vositalarida xabarlar berib boradi. Kengash
yosh avlodni tarbiyalashda mahalla, maktab va oila hamkorligi borasidagi masala
135
va muammolarni mahalla hududidagi o’quv-tarbiya muassasalari, tashkilot va
idoralari ishi rejalashtirilishi va amaliyot dasturlariga kiritilishida ular o’rtasida
o’zaro hamjihatlikka erishishni ta’minlaydi.