138
Jamoatchilik fikri (oddiy munosabatlar jarayonida “ko’pchilik (boshqalar)ning
fikri” tarzida qo’llaniladi) o’zbek mahallalari, qishloq, shaharlarida qadimdan
ijtimoiy tarbiyaning ta’sirchan metodi bo’lib kelgan. U asosida jamiyat
a’zolarining umum tomonidan tan olingan ma’naviy-axloqiy me’yorlarga amal
qilish holati tahlil qilib borilgan, shuningdek, ijtimoiy-foydali mehnat (hashar,
saxovat va hokazolar) har tomonlama va muntazam rag’batlantirilib borilgan.
Ushbu metod oila muhitida ham tarbiyaviy masalalarni to’liq amalga oshirishga
yordam beradi. Ya’ni, bolalarning ijtimoiy faolligi hamda shaxsiy kamolotini
ta’minlashga yordam beradi.
Biroq sobiq Ittifoq davrida tarbiya tizimida ustuvor o’rin tutgan «yagona sovet
xalqini shakllantirish» g’oyasi, yoshlarni nomilliy ruhda tarbiyalash borasidagi
qarashning asorati bugungi kunda ham sezilib turadi. Quyidagi misol fikrimizning
yorqin dalilidir:
“Bugun bir mudhish voqeani eshitdim. Qarshida bir yigit 81 yoshga kirgan
otasining boshiga tayoq bilan urib o’ldirib qo’yibdi. Buni qanday qilib tushuntirish
mumkin? Islom ruhida, o’zbekchilik ruhida tarbiyalangan odamlar, o’zbek
udumlari asosida tarbiya topgan odam shunday ish qilishi mumkinmi? Men buni
tushuntirolmayman, nima bilan izohlashni ham bilmayman. Otasi ming yomon,
yaramas, badbaxt odam bo’lsin, lekin farzandi unga tik qarashga, qo’l ko’tarishga
haqli emas”
101
.
Ota-onalar tomonidan oila tarbiyasini tashkil etishda qo’llaniladigan metodlar
mohiyati xususida alohida-alohida to’xtalishdan oldin ularni muvaffaqiyatli
qo’llashning umumiy qoidalari borasida so’z yuritib o’tish maqsadga muvofiqdir.
Oila tarbiyasi metodlaridan samarali foydalanishning zarur sharti – oila
muhitida ota-onalar va bolalar o’rtasidagi psixologik, shu jumladan, fikriy
birlikning qaror topishiga erishish sanaladi.
Ota-onalar bilan farzandlar o’rtasidagi munosabatlarning oila tarbiyasining
mohiyati nimada? Bu savolga oila tarbiyasining boshqa tarbiyaviy yo’nalishlardan
asosiy farqi – bolaga shaxs sifatida munosabatda bo’lish, uning kamolotiga
nisbatan millay xususiyatlarni yorituvchi talablar qo’yishda deya javob berish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: