Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

 
Tayanch 
tushunchalar:
oila, mahalla, ta’lim muassasasi, ta’lim 
muassasasining oila bilan olib boradigan faoliyati, oila, mahalla va ta’lim 
muassasasi hamkorligi. 
Oila, mahalla va maktab hamkorligi kontseptsiyasi.
Huquqiy davlat va
 
fuqarolik jamiyati qurish yo’lini tanlagan mamlakatimizda oila, mahalla va ta’lim 
muassasasi hamkorligi va unda shaxs tarbiyasiga katta ta’sir ko’rsatuvchi milliy 
qadriyatlar yil sayin qadr topib, nufuzi oshib bormoqda. Buning asosiy sababi 
davlatimiz tomonidan ijtimoiy institutlarga har tomonlama e’tibor qaratilayotgan 
bo’lsa, ikkinchi tomondan mustaqillik bergan imkoniyat tufayli qo’lga kiritilgan 
milliy qadriyatlarning qayta tiklanayotganligidir. Shu ma’noda olib qaralganda, 
ijtimoiy inostitutlar va uning muammolari bo’yicha ilmiy asoslangan 
tadqiqotlarning yuzaga kelishi dolzarb ahamiyatga molik bo’lib qolaveradi. 
Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’yi harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 
yilda ishlab chiqilgan “Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi”
Kontseptsiyasi yoshlarni istiqlol g’oyalariga sadoqatli, ma’naviy barkamol, 
vatanparvar qilib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish 
borasida dasturulamal bo’ldi.
“Oila, mahalla, maktab hamkorligi” Kontseptsiyasining 
asosiy maqsadi
yosh 
avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda o’zbek xalqining boy milliy, madaniy, 
tarixiy an’analari, urf-odatlari va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, 
zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etish, 
shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini 
ta’minlash, ota-onalar, pedagoglar va mahalla faollarining umumiy hamda milliy 
pedagogik madaniyatni oshirish, respublika fuqarolari orasida milliy mafkuraviy 
tarbiya ishlarini takomillashtirishdan iboratdir. 
Kontseptsiyada jamiyat taraqqiyotining ma’naviy-axloqiy negizi bo’lgan milliy 
va umuman insoniy qadriyatlar, milliy va umuminsoniy tarbiyaning o’zaro aloqasi 
hamda muhim yo’nalishlari belgilab olingan. Chunonchi, mahalla, oila va ta’lim 
muassasasi hamkorligida milliy tarbiya yo’nalishda yoshlarning o’zlikni anglash, 
vatanparvarlik, milliy g’urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy 
onglilik, milliy odob, fidoyilik kabi fazilatlarni o’zlashtira olishlari zarurligi 
ko’rsatilgan bo’lsa, umuminsoniy yo’nalishda hamkorlikdagi pedagogik 
faoliyatning huquq, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigienik va boshqa 
tarbiya sohalarini qamrab olishi muhim ekanligiga e’tibor qaratilgan. 
Oila, mahalla va maktab hamkorligida quyidagi tamoyillar asosida yo’lga 
qo’yiladi: 
1. Ta’lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni 
ishtirokchilari harakatlarining ish birligi. 
2. Tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg’unligi. 
3. Hamkorlik jarayoni sub’ektlarining teng 


133 
huquqliligi va yuksak mas’uliyati. 
4. Faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi. 
5. Hamkorlikning ilmiy asoslanganligi. 
Kontseptsiyada yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligiga 
erishish muayyan bosqichlarda amalga oshirilishi ko’rsatilgan. Ular quyidagilardir: 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin