128
O’quvchilar bilan muloqotda pedagogik tayyorgarlikning muvaffaqiyatli
bo’lishi ko’p jihatdan ota-onaning kommunikativ ko’nikma va malakalarni
egallashiga va uni qo’llay olish layoqatiga bog’liq.
Muloqotning muhim komponenti, ota-onaning o’z fikr va mulohazalarini,
emotsional his-tuyg’ularini aniq ifoda eta olish mahoratidir.
Turli tasodifiy pedagogik vaziyatlarda ota-ona g’azablanganda, quvonganda,
xafa bo’lganida, tushkun bir ahvolga tushganida ichki his-tuyg’ularini bir holatdan
boshqa holatga, bir shakldan boshqa shaklga aktyorlarga xos iqtidor bilan rol
o’ynab vaziyatdan chiqishni ham bilishi lozim.
Shu ma’noda taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko o’z asarlarida ota-onaning
kasbiy fazilati to’g’risida fikrlarini quyidagicha bayon qiladi: “Pedagog darsda
ma’lum bir o’ziga xos rolni o’ynamasligi mumkin emas.
Sinf sahnasida rol
o’ynashni bilmaydigan ota-ona kasbiy faoliyat olib borolmaydi. U ma’lum
ma’noda aktyor. Bizning xulq-atvorimiz, fe’limiz, xarakterimiz biz uchun
pedagogik qurol bo’lishi ham aslo mumkin emas. Bolalarni qalb va ko’ngil
azoblari bilan, hijronli his-tuyg’ularimiz yordamida tarbiyalashga umuman yo’l
qo’yib bo’lmaydi. Axir biz insonmiz. Har qanday boshqa kasb egalarida ko’ngil
zahmatisiz ish bitirish mumkin bo’lsa, pedagog ham ko’ngil azobisiz faoliyat olib
borishi lozim bo’ladi. O’quvchiga ba’zan muloqotda ko’ngil azobini namoyish
etishga to’g’ri keladi. Buning uchun pedagog sahnadagi aktyordek ijobiy rol
o’ynashni ham bilishi kerak.
Biroq, shunchaki tashqi, sahnaviy rol o’ynash yaramaydi. Bu o’yinda
pedagogning ajoyib shaxsiy mahorati bilan bog’laydigan qandaydir kamar bor, bu
sizning go’zal xulqingizni namoyish etib bog’lovchi rolingiz. Bu sahnadagi o’yin
o’lik bir holat yoki texnika emas, balki qalbingizdagi yashirin his-tuyg’ularingizni,
mehringizni namoyon etuvchi haqiqiy jarayondir”.
Hozirgi kunda ham turli tasodifiy pedagogik vaziyatlarda, ota-ona
g’azablanganda, quvonganda, xafa bo’lganida, tushkun
bir ahvolga tushganida
ichki his-tuyg’ularini bir holatdan boshqa holatga, bir shakldan boshqa shaklga
o’tkazishni bilishi pedagogik mahoratning muhim shaklidir.
Ma’lum ma’noda ota-ona pedagogik faoliyatida uning ruhiy ta’sirlanishi,
qayg’urishi, boshqa kasb egalarining tabiiy his-tuyg’ularidan farq qiluvchi o’ziga
xos jihatlari bilan ajralib turadi. Ta’kidlash joizki, ota-ona o’zining kommunikativ
vazifalarni bajarish jarayonida boshqa kasb egalari kabi tashqi muhitning turli
ta’siri ostida va insoniy his-tuyg’ular girdobida yashaydi, kasbiy faoliyatining
o’ziga xosligi ham ana shunda namoyon bo’ladi va ota-onaning ta’sirlanishi, his-
tuyg’ulari, hayajoni pedagogik maqsadga muvofiq bo’lishi lozim.
Oilada ota-onaning manfaatlari bitta umumiy maqsadga qaratilgan bo’lib, ular
o’z farzandlarini jismoniy, ma’naviy, axloqiy jihatdan barkamol inson qilib
o’stirishdan iboratdir. Bola tarbiyasiga alohida ahmiyat berish, har bir fuqaroning,
oilada ota-onalarning burch va vazifalari hisoblanadi.
Oiladagi tarbiyaviy jarayon o’ziga xos xususiyatga ega. Bola ota-onaning xatti-
harakatlarini taqlid qilish orqali o’rganadi, ular aytgan so’zlarni takrorlaydi.
Demak, ota-ona bola shaxsi shakllanishi uchun ideal tarbiyachi bo’lishi lozim.
Oiladagi tarbiyaviy jarayon avvalo bola bilan ota-ona o’rtasidagi doimiy muloqot
129
jarayoniga bog’liq bo’ladi. Xo’sh, biz bola bilan muloqotga
qancha vaqt ajrata
olayapmiz? Bir sutka mobaynida bir soat vaqt ajratsak bu albatta yaxshi. Ammo
tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ota-ona va bola o’rtasidagi muloqot bir sutkada 1,8
soatni tashkil qilar ekan. Shundan ona 35 minut muloqotda bo’lishi lozim. U ham
bo’lsa, ”qorning ochmi?, nima eding?” kabi gaplar. Bola savol bersa, ayrim
xollarda javob berishga ham qiynalamiz. Turli yoshdagi farzandlarda u yoki bu
muammo bo’lishini biz kattalar bilishimiz, unga vaqt ajrata olishimiz kerak.
Faqatgina moddiy g’amxo’rlik qilish bolaga, uning tarbiyasi uchun, muloqoti
shakllanishi uchun etarli emas.
Ota-onalar o’rtasida nizolarning kelib chiqishi,
bola tarbiyasidagi nuqsonlar,
muloqot madaniyatining shakllanmaganligi, bolaga e’tibor bermaslikdandir.
Ma’lumki, 2 yosh bilan 5-6 yosh o’rtasida bolaning nutqi tez o’sa boshlaydi va
so’z boyligi 3-4 mingga eta oladi. Bola ko’rgan, eshitgan narsalari to’g’risida ko’p
savol beradi, yangi so’z va tushunchalarni egallay boshlaydi. Buning uchun bolaga
to’g’ri tarbiya berish, u bilan so’zlashish, so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishga
o’rgatish, ertaklar gapirib berish, kitoblar o’qib eshittirish lozim. Bola nutq
qobiliyatiga ega bo’lsa, o’z fikr va maqsadini boshqalarga mukammal va aniq
etkazib bera oladi.
Shuning bilan birga muloqot jarayonida to’g’ri va odobli muomalani, ya’ni
suhbat vaqtida juda ham baland ovoz bilan shoshib gapirmaslik, so’zlarni aniq
talaffuz qilish, bir gapni takrorlamaslik, boshqaning
gapini qaytaravermaslik,
bo’lmaslik kabilarga o’rgatib borishimiz zarur. Shuningdek, bolaning yoshiga
qarab atrofdagi kishilar bilan muomala madaniyatiga o’rgatib borish muhim
hisoblanadi.
Bundan tashqari tinglash madaniyatini shakllantirish ayni paytda qiyin
kechayapti. Agarda bola o’z ota-onasini tinglay olsa va aytganlariga amal qilsa
uning tarbiyasi yomon bo’lishi mumkin emas. Bolaga salomlashish odobidan tortib
tinglash madaniyatigacha o’rgatmasak keyin bu qusurni to’g’irlash bir muncha
qiyin kechadi.
Ba’zi oilalarda ota-onalardan oldin farzandlar gapiradi. Ota-onasi kattalar bilan
gaplashayotgan bo’lsa luqma tashlab turadi.Ba’zilar ota-onasining imo-ishorasidan
dilidagini ilg’aydi. Dilidagini nigohlardan ilg’ay bilish uchun ham tinglay bilish
kerak.
Shuning uchun bo’lsa kerak, nemis faylasufi A.Shopengauer “Odamlarni
o’zingiz to’g’ringizda yaxshi fikrga ega bo’lishlarini xohlasangiz, ularni tinglang”
deb yozgan edi. Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan
biz unda o’z-o’ziga hurmatni ham tarbiyalaymiz. Demak, tinglash jarayoni
ko’pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas.
Tinglash
jarayonining ahamiyati shundaki, u muloqotning samarali bo’lishida muhim o’rin
egallaydi. Chunki, tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi,
yangi fikrlar, g’oyalarning shakllanishiga sharoit yaratadi.
Tinglash san’ati yuksak bo’lgan xalq madaniyatlidir. Buning uchun esa biz
farzandlarimizda muloqot madaniyati hamda tinglay bilish san’ati yuqori
bo’lishini shakllantirishimiz muhim hisoblanadi.
130
Shunday qilib, muloqot oila sharoitida ota-ona va farzandlar o’rtasidagi eng
muhim aloqa, o’zaro axborot almashish, hissiy kechinmalarni bayon qilish vositasi
sanaladi. Oila a’zolarining barcha munosabatlari bevosita yoki bilvosita muloqot
yordamida amalga oshiriladi. Psixologik nuqtai nazardan esa muloqot katta
tarbiyaviy ta’sirga ega. Shu sababli ota-ona va farzandlar, umuman olganda,
oilaning barcha a’zolari o’rtasida tashkil etiladigan muloqotning ijobiy ahamiyat
kasb etishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur.
Bu borada asosiy
mas’uliyat shubhasiz ota-onaning zimmasiga yuklatiladi. Ota-onalarning o’zlari
samarali muloqot qilish uslublarini o’zlashtirgan holda farzandlarga ham
shaxslararo munosabatlar jarayonida ushbu vositadan o’rinli, maqsadli foydalanish
ko’nikmalarini tarbiyalab borishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: