5
taraqqiyotida yangi davr bo’lgan mavjud sharoitda oilada bolalarni tarbiyalash
masalasiga ham yangicha yondashuvni qaror toptirish taqozo etilmoqda.
Milliy mustaqillikka erishilgach, O’zbekiston Respublikasida pedagogika fani
taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. Bu bosqichning o’ziga xos xususiyati milliy
qadriyatlarni tiklash, asrab-avaylash, boyitish, milliy meros va madaniyat
namunalarini chuqur o’rganish yo’lida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli
ijtimoiy harakatga uyg’un ravishda milliy pedagogik ta’limotlarni tadqiq qilish,
shaxsga ta’lim berish, uni tarbiyalash borasidagi Sharq va Farb tajribalarini o’zaro
muvofiqlashtirish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirishda, tobora jahon
ta’limi standartlari darajasiga erishilayotganlikda aks etadi.
O’zbekiston mustaqilligi yillarida milliy ta’lim mazmunining asosi bo’lgan –
uzluksiz ta’lim tizimining turli bosqichlarida o’qitiladigan o’quv fanlarini ilmiy-
metodologik, g’oyaviy yangilash, ijtimoiy taraqqiyot, ilm-fan, texnika va
texnologiya sohalarida erishilayotgan eng so’nggi yutuqlar bilan boyitish, ilg’or
metodika hamda pedagogik texnologiyalarni o’qitish jarayoniga samarali tatbiq
etish yo’lida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jamiyatning mavjud ehtiyojidan
kelib chiqib, uzluksiz ta’lim tizimida muayyan o’quv fanlarini o’qitish yo’lga
qo’yildi. Mavjud o’quv fanlar mazmuni barkamol shaxs kamolotini ta’minlashda
muhim ahamiyatga ega qarashlar, tamoyillar bilan boyitildi. Xususan, mustaqillik
yillarida oliy ta’lim tizimida pedagogik turkum fanlar sirasida alohida o’ringa ega
bo’lgan “Oila pedagogikasi” fanining nazariy-metodologik asoslari yanada
rivojlantirildi, asrlar davomida milliy pedagogikada qo’llanilib kelayotgan shakl,
metod va vositalar bilan boyitildi.
Oila – jamiyatning ajralmas bo’lagi. Biror bir xalq, millat yoki jamiyat yo’qki,
u o’zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning
atrofidagi muammolarni, qadriyatlarini inobatga olmagan bo’lsa. Har qanday
istiqbol oilaning manfaatlaridan alohida tasavvur qilinmaydi. Zero, har bir inson
uchun oila – bu umrning boshlanishi, barcha narsalarning muqaddimasidir.
Qolaversa, har bir inson o’z baxti va saodatini, eng avvalo, oilasi bilan bog’laydi,
ya’ni, o’z uyi, oilasida baxtli bo’lgan insongina o’zini to’laqonli baxtiyor his etadi.
Dostları ilə paylaş: