Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


“Оила педагогикаси” фанининг мақсади



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

“Оила педагогикаси” фанининг мақсади:
талаба-ёшларга оила 
тарбиясининг умумий асослари (мазмуни, қонуниятлари, тамойиллари
ўзига хос жиҳатлари, устувор ғоялари, самарали шакл, метод ва 
воситалари)га оид назарий билимларни бериш, уларни бўлажак педагог 
сифатида оилаларга болалар тарбиясини тўғри, самарали ташкил этишда 
педагогик ёрдам кўрсатишга тайёрлашдан иборат 
“Оила педагогикаси” фанининг предмети
оила тарбиясининг умумий 
асослари (мазмуни, қонуниятлари, тамойиллари, ўзига хос жиҳатлари, 
устувор ғоялари, самарали шакл, метод ва воситалари)га оид ғоя, қараш, 
концепция, назария ва таълимотлар йиғиндисидан иборат 


10 
O’quv fani sifatida “Oila pedagogikasi” aniq maqsadni ifodalash bilan birga 
muayyan vazifalarni ham hal qilishga yo’naltirilgan.

Oila pedagogikasi” quyidagi vazifalarini hal qiladi: 
-
 
talabalarni oilaning ijtimoiy, iqtisodiy, xuquqiy va madaniy
asoslari, oilaning shaxs hayotidagi o’rni, oilaning funktsiyalari, oila 
tarbiyasining ijtimoiy ahamiyati, tarbiyaviy imkoniyatlari, oila turlari, muayyan 
turdagi oilalarning shaxs rivojiga ta’siri, shuningdek, zamonaviy o’zbek oilalari 
rivojlanishining o’ziga xos jihatlari, oila tarbiyasi muammolari, oilada bolalar 
tarbiyasini samarali tashkil etishga oid mahalliy va xorijiy mamlakatlarning 
tajribalari, bu boradagi ilg’or yutuqlarni amaliyotga tatbiq etish yo’llari bilan 
yaqindan tanishtirish;
 
-
talabalarga oila tarbiyasining umumiy asoslari (mazmuni, qonuniyatlari
tamoyillari, ustuvor g’oyalari, samarali shakl, metod va vositalari), oila va ijtimoiy 
tarbiyaning yaxlitligi, shuningdek, ota-onalar va pedagoglar o’rtasidagi o’zaro 
hamkorlikning ahamiyati, texnologiyalari xususida ma’lumot berish; 
-
talabalarda oila pedagogikasiga nisbatan G’arb va Sharq mamlakatlaridagi 
yondashuv, ushbu yondashuvlarning shaxs ruhiyatining shakllanishi, kamolotini 
ta’minlashdagi hissasi borasidagi tasavvurlarni hosil qilish hamda ota-onalarning 
pedagogik madaniyatini rivojlantirish yo’lida ilmiy izlanishlarni olib borish 
ko’nikmalarini shakllantirish; 
-
talabalar tomonidan oila tarbiyasining shaxsni kamolotidagi rolining 
munosib baholanishini ta’minlash; 
-
talabalarni bo’lajak pedagog sifatida oilalarda tashkil etiladigan bolalar 
tarbiyasining samarali bo’lishi, oila tarbiyasini yo’lda qo’yishda yuzaga kelayotgan 
muammolarni bartaraf etishda metodik yordam ko’rsatishga muvaffaqiyatli 
tayyorlash; 
-
talabalarda kelgusida ta’lim muassasalarida olib boriladigan pedagogik 
faoliyatni oilalarda yo’lga qo’yilayotgan tarbiya bilan o’zaro muvofiqlashtirishga 
erishish ko’nikma, malakalarini shakllantirish. 
-
talabalarda bo’lajak oila sohibi (ota yoki ona) sifatida ijtimoiy faollikni 
shakllantirish. 
O’quv fanining predmeti o’z navbatida “Oila pedagogikasi” fanining aynan 
qaysi masalalarni o’rganishi borasidagi tasavvurlarni oydinlashtiradi. “Oila 
pedagogikasi” o’quv fani quyidagi masalalarni o’rganadi:
-
oila pedagogikasining nazariy muammolari aniqlash;
-
oila tarbiyasini tashkil etish borasidagi ilg’or, samarali ish tajribalarini 
o’rganish; 
-
zamonaviy sharoitda ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, texnologik sohalarda 
erishilayotgan yutuqlarni oila pedagogikasi amaliyotiga izchil tatiq etish;
-
ota-onalar yoki bolalar tarbiyasiga mas’ul shaxs (vasiy)larning pedagogik 
madaniyatini rivojlantirish; 
-
ijtimoiy va oila tarbiyasini, shuningdek, ijtimoiy va oila tarbiyasini
muvaffaqiyatli tashkil etishga xizmat qiladigan texnologiyalarni o’zaro 
muvofiqlashtirish. 


11 
“Oila pedagogikasi” o’quv fanining asosiy manbai o’zbek xalqining oilada 
bolalar tarbiyasini samarali tashkil etish borasida asrlar davomida shakllanlangan 
boy hayotiy tajribasi, bolalar tarbiyasiga nisbatan yondashuvlari, milliy urf-odatlar, 
an’analar, marosimlar, shuningdek, xalq og’zaki ijodi namunalari (alla, lapar, 
ertak, afsona, masal, matal, maqol, pand, nasihat, o’git va qahramonlik eposlari) 
sanaladi.
Demak, “Oila pedagogikasi” fani ota-onaning yosh avlod tarbiyasini samarali 
tashkil etishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyatining mazmuni, umumiy 
qonuniyatlar, 
tamoyillar, 
asosiy 
shakllari, 
metodlari, 
vositalari 
hamda 
texnologiyasini yoritishga xizmat qiladi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin