124
Tg’R
Vositalar
(F)
(S)
(M)
(U)
1.
Ota yoki onaning so’zi
2.
Ota yoki onaning namunasi
3.
Oila davrasidagi suhbat
...
Izoh: shartli belgilar quyidagi mazmunni anglatadi:
(F) – fikringizni bayon eting;
(S) – fikringizni asoslovchi biron sababni ko’rsating;
(M) – ko’rsatilgan sababning asosli ekanligini isbotlovchi misol keltiring;
(U) – fikringizni umumlashtiring!
OILADA BOLALAR BILAN MULOQOTNI YO’LGA QO’YIShNING
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ShART-ShAROITLARI
Reja:
1.
“Muloqot” tushunchasining mohiyati.
2.
Oiladagi shaxslararo muloqot uslublari va ularning o’ziga xosliklari.
3.
Oilada bolalar bilan muloqotni yo’lga qo’yishning o’ziga xos pedagogik-
psixologik jihatlari.
Tayanch tushunchalar:
muloqot, muloqot uslublari, oilaviy munosabatlarda
qo’llaniladigan muloqot uslublari, oilada bolalar bilan muloqotni yo’lga qo’yish,
oilada bolalar bilan muloqotni yo’lga qo’yishning o’ziga xos pedagogik-psixologik
jihatlari.
“Muloqot” tushunchasining mohiyati.
Oila inson uchun muqaddas maskan
,
kishilik jamiyatining ijtimoiy poydevoridir. Oilaviy turmushning asosiy maqsadi -
bu farzand ko’rish orqali aholini qayta tiklash, avlodlar bilan ajdodlar vorisligi va
davomiyligini hamda er yuzida insoniyat tarixiy taraqqiyotini ta’minlashdan
iboratdir.
Darhaqiqat, oila har bir shaxsda ilk yoshligidan boshlab shakllanadigan insoniy
fazilatlar, ezgu-istaklar, qadriyatlar takomil topadigan, ming yillar davomida
shakllangan o’zbek xalqining qadriyatlari va ma’naviy merosi ravnaqini
ta’minlovchi tarbiya maskanidir. “Halollik, rostgo’ylik, or-nomus, sharmu-hayo,
mehru-oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada
shakllangan”. Bola shakllanishining ilk maktabi esa ota-onaning o’zaro
munosabatlari majmui bo’lib hisoblanadi. “Oila haqida so’z yuritar ekanmiz,
avvalo ko’z o’ngimizda ona siymosi shakllanadi. Oila muqaddasligini ta’minlovchi
birinchi omil – ona, ahli ayolning pokizaligi, oqilaligi, mehru-muruvvati, sadoqati
va vafodorligidir”. Ota-onalar munosabatlarda namoyon bo’luvchi o’zaro hurmat,
mehr-oqibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi oliy toifadagi
qadriyatlar ularning o’zaro munosabatlarida uyg’unlasha borib, oilada o’zaro
munosabatlar maromini vujudga keltiradi. Oiladagi ushbu ijtimoiy jarayon yosh
avlodning moddiy olam, ijtimoiy turmush haqidagi tasavvurlari, nuqtai nazarlari,
125
tushunchalari, dunyoqarashlari va sharqona odob-axloq qoidalari va ularga
amaliyotda rioya etishning to’g’ri yo’l-yo’riqlarini ko’rsatadi. Yosh avlodning
ma’naviy qiyofasi, ularning xatti-harakati, xulq-atvori dastlab oilaviy munosabat
madaniyatida shakllanadi).
Tarixiy ma’lumotlarning guvohlik berishicha, oilaviy munosabatlar madaniyati
sharq xalqlarida juda qadimdan rivojlangan ijtimoiy voqelik ekanligini ko’rsatadi.
Qadimgi xalqlardan qolgan asori-atiqalarda, muqaddas diniy manbalarda, o’zbek
xalqining og’zaki ijodi durdonalarida, sharqning buyuk mutafakkirlarining
asarlarida sharq xalqlari, xususan o’zbek xalqiga xos oilaviy shaxslararo
munosabatlarda namoyon bo’ladigan odob-axloq qoidalari, me’yorlari, insoniy
fazilatlar ifodasi to’g’risida qimmatli ma’lumotlarni uchratish mumkin.
Manbalarda oilasiz insoniy hayotni tasavvur qilib bo’lmaslik, barkamol farzand
tarbiyasi, undagi er-xotin va o’zaro munosabatlar madaniyati, baxtli va farovon
turmush kechirish yo’llari, hayotiy misollar yordami bilan hikmatlar va nasihatlar
ko’rinishida bayon etilgan. A.Fitrat intizomlilikning ijtimoiy mohiyatini ta’riflar,
o’zining “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” asarida shunday deb yozadi: “Har bir
millatning saodati va izzat, albatta, shu xalqning ichki intizom va totuvligiga
bog’liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi.
Qaerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham
shuncha kuchli qv muntazam bo’ladi”
93
.
O’z-o’zidan ravshanlashadiki, oilaviy tartib-intizom muammolari uning
xuquqiy vazifalarini belgilaydi. Bunda eng muhimi, oilaning har bir a’zosiga xos
ichki ntizom madaniyati, o’z burchi va ma’suliyatinianglashi bilan birga ular
oilaviy muhitda o’z o’rnini belgilay olishi, oilaviy munosabatlarni hurmat qila
bilishi, oila iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olishi, oila sha’nini sharaflashi,
xullas, oilada o’z shaxsiy halovatini his qilmoq uchun halol va samimiy bo’lmoqqa
erishishi zarur
94
.
Oilaviy turmush bilan jamiyat taraqqiyotining doimiy mushtarakligi tufayli
jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida ham oilaviy muammolar uning ilg’or
vakillari diqqat-e’tiborida bo’lgan. Oilaviy hayot jamiyat taraqqiyotida va
farzandlarning kamoloti uchun shu qadar muhimki, xuddi shu bois uni biror soniya
ham diqqat-e’tibordan chetda qoldirib bo’lmaydi.
Respublika psixologlari tomonidan o’zbek oilalariga xos muammolarni
o’rganish yuzasidan bir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ana shu ilmiy
ishlarda oila-nikoh munosabatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, o’zbek
oilalaridagi milliy o’ziga xoslik, undagi nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi
muhim sabablar, ajralishlar va ularning salbiy asoratlari kabi bir qator masalalar
har tomonlama o’rganilib tahlil qilingan.
Biroq, yuqoridagi ilmiy izlanishlarda oila barqarorligiga shaxslararo
munosabatlar ta’sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari maxsus tadqiqot
predmeti sifatida o’rganilmagan. Aslida oilaviy turmushda yuzaga keladigan
muammolar, hatto oilaning buzilishi va uning salbiy asoratlari, hamma-hammasi
93
Фитрат А. Оила ёки оила бошқариш тартиблар. –Тошкент: “Маънавият” нашриёти, 1998. – 53-бет.
94
Сафаров О. Махмудов М. Оила маънавияти. –Тошкент: “Маънавият” 2009. – 247-бет.
126
undagi shaxslararo munosabatlar ta’sirining natijasi ekanligini hech qachon
unutmasligimiz kerak. Bundan kelib chiqadigan xulosa shundan iboratki, oila
barqarorligi, baxtli va farovon turmush kechirish, albatta, shaxslararo munosabatlar
ta’sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bilan uzviy bog’liq bo’lganligi tufayli,
aynan shu muammo yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni taqozo etadi.
Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlab, ota-
onalarda o’ziga xos faollikni ham yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning
bevosita ta’siri tufayli ularning qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengayadi,
o’zaro aloqalari mazmunan boyib boradi, real hayot mohiyatini chuqurroq anglash,
ya’ni, farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida o’z umri davomiyligini kurish holati
ro’y beradi.
“Muloqot” tushunchasi lug’aviy jihatdan arab tilidan tarjima qilinganda
“uchrashish”, “ko’rishish”, “qabul qilish”
95
degan
ma’noni anglatadi. Mazmunan
esa muloqot “ikki yoki undan ortiq shaxslarning o’zaro bir-biriga ta’siri etishi”
hisoblanadi.
Har bir shaxs “muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, ta’lim-tarbiya, turli
munosabatlar, axloqiy me’yorlar g’oya va mafkura omillari ta’sirida yashab
ijtimoiylashadi va shaxs sifatida kamolotga etadi. Kishilar o’rtasidagi o’zaro
muloqot pedagogik-psixologik fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib,
u o’z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab
oladi”
96
.
Muloqot
– 1) kishilarning o’zaro aloqasi, bir-birlariga ta’sir ko’rsatishlari
kishilar o’rtasidagi aloqani tiklash va rivojlantirish jarayoni;
2) kishilarning bir-birlariga ta’sir ko’rsatishi asosida ular o’rtasida ro’y beradigan
axborot almashinuvi
97
.
Psixologiya fanida muomala kategoriyasi keng ma’noda tushuniladi hamda
hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o’zaro ta’sir va o’zaro
munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni ifodalaydi.
Oila sharoitida ota-onalarning o’zlari atrofdagilar bilan ijobiy muloqot qila olish
ko’nikmalariga ega bo’lishlari hamda farzandlarda ham juda yoshlikdan muloqot
madaniyati sifatlarining shakllanib borishiga e’tibor qaratishlari zarur.
Dostları ilə paylaş: |