Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Nazorat savollari:
1. Oila pedagogikasi fanining predmeti nimalardan iborat? 
2. Oila pedagogikasi fani o’z oldiga qanday vazifalarni qo’yishini tushuntiring. 
3. Oila pedagogika fanini bilan umumiy pedagogika o’rtasida qanday uzviy 
aloqadorlik mavjud? 
4. Oila pedagogikasi fani va psixologiya fani o’rtasida ham aloqadorlik bormi? 
5. Oila pedagogikasi qanday metodlardan foydalanishini izohlang.
6. Oila pedagogikasi fan sifatida qanday rivojlandi? 
Mavzuga oid adabiyotlar: 
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. – Toshkent: 
“Ma’naviyat”, 2008. – 52-58-betlar. 
2. Oila pedagogikasi. – Toshkent: “Aloqashi”, 2007. – 5-16-betlar. 
3. Musurmonova O. Oila ma’naviyati – milliy g’urur G’ O’quv qo’ll. – 
Toshkent: “O’qituvchi”, 1999. – 42-50-betlar. 
4. Safarov O. Oila ma’naviyati. – Toshkent: Ma’naviyat, 2009. – 14-39-betlar. 
5. Quronov M. Oila tarbiyasi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2007. 
Amaliy topshiriqlar: 
 
1.
Ushbu matn bilan tanishib chiqing va uning mazmunini tahlil qiling.
Sub’ektlar o’rtasidagi o’zaro ta’sir jarayoni sifatida muloqot (kommunikativ 
aloqa) chog’ida shaxslararo munosabatlar yuzaga keladi, namoyon bo’ladi va 
shakllanadi. Kommunikativ aloqa shaxslararo munosabatlar chog’ida ularning 
fikrlari, his-tuyg’ulari, ichki kechinmalari va boshqalarning almashinishini nazarda 
tutadi. Bunday aloqa yaxlit holda kommunikativ faollik, muloqot chog’idagi 
hissiy ta’sirlanish, o’z-o’ziga bo’lgan kommunikativ ishonch, kommunikativ 
ob’ektlar kabi elementlarni aniqlaydi. Shaxslararo munosabatlardagi muloqotning 
asosiy manbalari – bu suhbatdoshlarning tajribalari, tafakkurlari, hayotiy 
yondashuvlari, e’tiqodlari hamda maxsus ilmiy metodlarni o’zlashtira olganliklari 


131 
sanaladi. Kommunikativlik asosida ichki (bir) ovozli kommunikatsiyadan ikki 
ovozli kommunikatsiyaga o’tish yotadi
100
.
2. Kichik guruhlarda “Taqdimot” strategiyasi asosida quyida berilgan muloqot 
turlarining oila tarbiyasidagi ahamiyatini yoriting.
A. O’zaro ijodiy faoliyatga qiziqtiradigan muloqot. 
V. O’zaro do’stona munosabatga asoslangan muloqot. 
S. Muayyan masofani saqlagan holda tashkil etiladigan muloqot. 
D. Qo’rqitish, tahdid qilishga asoslangan muloqot. 
E. Hazil-mutoyibaga, yumorga asoslangan muloqot. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin