Amaliy topshiriqlarni bajarish yuzasidan uslubiy ko’rsatmalar: 1. Jamoa matn bilan umumiy holda tanishib chiqadi. O’qituvchi matn
mazmunini tahlil qilishda talabalarning o’z bilim va shaxsiy tajribalariga tayana
olishlari, fikrlarini dalillay olishlari hamda o’z fikrlarini himoya qilishlariga e’tibor
qaratishi zarur.
2. Topshiriqni bajarishda talabalar kichik guruhlar (5 ta guruh)da ishlaydilar.
Har bir guruh alohida-alohida topshiriqni bajaradi. O’qituvchi guruhlarga quyidagi
topshiriqlarni berishi mumkin.
Tg’R Guruhlar Topshiriqlar mavzusi 1.
1-guruh
O’zaro ijodiy faoliyatga qiziqtiradigan muloqot.
2.
2-guruh
O’zaro do’stona munosabatga asoslangan muloqot.
3.
3-guruh
Muayyan masofani saqlagan holda tashkil etiladigan muloqot.
4.
4-guruh
Qo’rqitish, tahdid qilishga asoslangan muloqot.
5.
5-guruh
Hazil-mutoyibaga, yumorga asoslangan muloqot.
Guruhlar o’zlariga berilgan mavzu yuzasidan topshiriqni bajarishda o’z oilalari
yoki o’zlariga tanish bo’lgan oilalar misolida fikrlarini dalillar bilan, shuningdek,
ommaviy axborot vositalari materiallari asosida boyitishlari mumkin. O’qituvchi
esa bu borada talabalarga o’z yordamini taklif eta oladi.
BOLA TARBIYaSIDA OILA, MAHALLA VA MAKTAB HAMKORLIGI Reja: 1. Oila, mahalla va maktab hamkorligi kontseptsiyasi va uning mohiyati.
2. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligini amalga
oshirish mexanizmi.
100 Общение и виды общения
// http://perevodovedcheskiy.academic.ru
.
132
3. Oila, mahalla va maktab hamkorligida tashkil etiladigan pedagogik faoliyat
mazmuni.
4. Oilalarga ko’rsatiladigan ijtimoiy-pedagogik yordam.