Vasiylik
- muomalaga layoqatsiz shaxslarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini
himoya qilish.
Vatanparvarlik
(lotincha «patriotes» – vatandosh, «patris» – vatan, yurt) -
shaxsning o’zi mansub bo’lgan millat, tug’ilib o’sgan vatani tarixidan
g’ururlanishi, buguni to’g’risida qayg’urishi hamda uning porloq istiqboliga
bo’lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat.
Verbal
– bilim (ma’lumot, axborot)larni so’z yordamida (og’zaki) etkazib
berish, ifoda etish.
Gnoseologiya
(yunon tilidan gnosis – bilim, ong, o’rganish) – bilish, ilmiy
bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur
shakllari, shuningdek, insonga xos bo’lgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi
nazariya, ta’limot.
Deviant xulq atvor
- ijtimoiy yoki axloqiy normalarga mos kelmaydigan xulq-
atvor.
Delinkventlik (ing. “gunohkorlik”)
- o’rnatilgan normalarni buzuvchi va
huquqbuzarlikka olib keluvchi xulq-atvor.
Dinamik steriotip
- bosh miya faoliyatining fiziologik shakli bo’lib, inson
xatti-harakatining shartli reflektor tartibida namoyon bo’ladi. Ularga insonning
odatlari, oddiy mehnat ko’nikmalari kiradi.
Dunyoqarash
- tabiat, jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining
rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimi.
Etim bolalar
- 18 yoshgacha bo’lgan bir yoki ota-onasining ikkisi ham vafot
etgan bolalar.
Etimlik
- jamiyatda ota-onasidan judo bo’lgan bolalarning borligi bilan
izohlanadigan ijtimoiy hodisa.
Jazolash
- tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berish
usuli.
Jamoa
(lotincha «kollektivus» so’zining tarjimasi bo’lib, yig’ilma, omma,
birgalikdagi majlis, birlashma, guruh kabi ma’nolarni anglatadi) - bir necha a’zo
(kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida
tashkil topgan guruh.
Jinsiy tarbiya
- o’zida shaxsni jinsiy jihatdan chiniqtirish, ularni tozalik va
ozodalikka o’rgatish, o’z sog’ligi uchun g’amxo’rlik qilish va mas’uliyatli
bo’lishni ta’minlashga qaratilgan pedagogik faoliyat mazmuni.
Dostları ilə paylaş: |