164
Iqtisodiy tarbiya
- o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy
faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, xo’jalikni yuritish, mavjud moddiy
boyliklarni asrash, ko’paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to’g’ri tashkil etish va
hokazolar)ni tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat
pedagogik jarayon.
Iqtisodiy ta’lim
- o’quvchilarga xo’jalik yuritish tizimi (oila byudjetini
shakllantirish, xo’jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko’paytirish,
savdo-sotiq munosabatlarini to’g’ri tashkil etish va hokazolar) to’g’risidagi nazariy
bilimlarni berishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
Yosh xususiyatlari
- muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik,
fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar.
Sotsium
- insonning ijtimoiy atrof-muhiti, hamjamiyati.
Submadaniyat -
muayyan insonlar guruhining hayot tarziga ta’sir qiluvchi
ijtimoiy psixologik belgilar (norma, qadriyat, steriotip, did) majmuasi.
Suhbat
– savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi.
Tamoyil
(yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi,
asosiy boshlang’ich qoidasi; boshqaruvchi g’oya, faoliyatning asosiy qoidasi;
umumlashtirilgan talab.
Tarbiya
– muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida
shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib
toptirish jarayoni.
Dostları ilə paylaş: