Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Fuqarolik tarbiyasi
– fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali 
o’quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, 
Vatan, jamiyat uchun fidoiy fuqarolar etib tarbiyalashdan iborat. 
Shaxs
 
- psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va 
dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi. 


166 
Shaxsni ijtimoiylashtirish
- uni jamiyat tomonidan tan olingan xulq-atvor 
me’yorlari, bilim hamda qadriyatlar tizimini o’zlashtirishdan iborat ijtimoiy 
hayotga jalb etish jarayoni.
Shkalalash
 
– aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. 
Emotsional zararlanish
- bevosita emotsional holatlarni uzatish orqali ta’sir 
ko’rsatish (qo’l, yuz xatti-harakatlari, intonatsiya). 
Empatiya 
- dunyoga boshqalar nazari bilan qarash, uni boshqalar kabi 
tushunish, boshqalarning xatti-harakatlarini ularning nuqtai nazariga ko’ra qabul 
qilish va shu bilan birga o’zining tushunchasini bildirishga qodirlik. 
Ekologik madaniyat
- o’quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va 
atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik ong
- tabiat va atrof-muhitning mavjud holati, ularni muhofaza etish 
borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi.
Ekologik madaniyat
- o’quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va 
atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik tarbiya
- o’quvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, ularning 
mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini 
tashkil etish ko’nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik 
jarayon.
Ekologik ta’lim
-
o’quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va 
uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yo’naltirilgan ta’limiy 
jarayon. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin