166
Shaxsni ijtimoiylashtirish
- uni jamiyat tomonidan tan olingan xulq-atvor
me’yorlari, bilim hamda qadriyatlar tizimini o’zlashtirishdan iborat ijtimoiy
hayotga jalb etish jarayoni.
Shkalalash
– aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.
Emotsional zararlanish
- bevosita emotsional holatlarni uzatish orqali ta’sir
ko’rsatish (qo’l, yuz xatti-harakatlari, intonatsiya).
Empatiya
- dunyoga boshqalar nazari bilan qarash, uni boshqalar kabi
tushunish, boshqalarning xatti-harakatlarini ularning nuqtai nazariga ko’ra
qabul
qilish va shu bilan birga o’zining tushunchasini bildirishga qodirlik.
Ekologik madaniyat
- o’quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va
atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik ong
- tabiat va atrof-muhitning mavjud holati, ularni muhofaza etish
borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi.
Ekologik madaniyat
- o’quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va
atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik tarbiya
- o’quvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, ularning
mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat
va atrof-muhit muhofazasini
tashkil etish ko’nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik
jarayon.
Ekologik ta’lim
-
o’quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil,
tizimli va
uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yo’naltirilgan ta’limiy
jarayon.
Dostları ilə paylaş: