Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Tarbiya jarayoni
- ota-ona va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar 
o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan samarali hamkorlik 
jarayoni. 
Tarbiya mazmuni
- shaxsning shakllanishiga qo’yiluvchi ijtimoiy talablar 
mohiyati. 
Tarbiya metodi
(yunoncha «metodos» – yo’l) – tarbiya maqsadiga erishish 
yo’li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish 
usullari. 
Tarbiya nazariyasi
– pedagogikaning muhim tarkibiy qismi; tarbiyaviy 
jarayon mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish 
muammolarini o’rganadi.
Tashxis
 
–didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish
uning natijalarini belgilash. 
Tafakkur
(ijtimoiy voqea-hodisalarning ongda to’laqonli aks etishi, inson 
aqliy faoliyatining yuksak shakli). 
Tayanch shaxs
- insonning asosiy hayotiy intilishlarini belgilab beruvchi 
tabiiy qolipdir. Tayanch intilishlar hammada bir xil bo’ladi, biroq ularning 
namoyon bo’lishi genetik va tashqi omillarga bog’liq bo’ladi. 
Tibbiy-ijtimoiy yordam
- ta’lim-tarbiya jarayonida sog’likni tiklash yoki 
mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar. 
Tizim
 
(mustaqil tushuncha sifatida) - o’zaro bog’langan ko’plab elementlar 
(tarkibiy qismlar) o’rtasidagi mustahkam birlik va o’zaro yaxlitlik. 


165 
Shaxslararo munosabatlar
- ommaviy ijtimoiypsixologik hodisalar bo’lib, bir 
guruhda bo’lgan va birgalikdagi faoliyat hamda muloqot jarayonida bir-biriga 
ta’sir ko’rsatuvchi shaxslar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda namoyon bo’ladi. 
Shaxslararo muomala
- insonlar orasida aloqalar o’rnatishning murakkab 
jarayoni. Pedagogik jamoada shaxslararo muomalaning quyidagi xususiyatlari 
to’g’rilanishga 
muhtoj: 
ba’zi 
pedagoglarning 
sabrsizligi, 
irodasizligi, 
kasbdoshlarini tinlay olmaslik, o’z maqomini oqlash. ijtimoiy pedagogik 
treninglar, boshlang’ich pedagog maktablari orqali sabr-matonat, tinglash 
madaniyati kabi xislatlarni shakllantirsa bo’ladi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin