Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Nafosat didi
- shaxsning buyum yoki hodisaga nisbatan munosabat bildirish 
turi, ob’ektiv nafosat o’lchovi. 
Nafosat madaniyati
- go’zallikni his etish, undan zavqlanish, mavjud 
go’zalliklarni asrash va boyitish yo’lida o’zlashtirilgan bilim hamda amalga 
oshiriladigan nafosat faoliyatini tashkil etish darajasining sifat ko’rsatkichi. 
Nafosat ongi
- go’zallik, go’zallikni his etish, uning mohiyatini anglash, 
nafosat his-tuyg’usi, nafosat didi kabi tushunchalarning ongda aks etishi. 
Nafosat tarbiyasi
(estetik tarbiya- lotincha «estezio» go’zallikni his qilaman) - 
o’quvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari va turmush 
go’zalliklarini anglash, idrok etish va to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy 
didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish, ular tomonidan go’zallikni 
yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy 
tarbiyaning muhim tarkibiy qismi. 
Oila
– 
kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush 
tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o’zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi. 
Oilaviy munosabatlar
– ota-onalar (yoki bolaning kamoloti uchun mas’ul 
bo’lgan shaxslar) hamda farzandlar o’rtasida turli yo’nalishlarda tashkil etiluvchi 
munosabatlar. 
Oila tarbiyasi
– ota-onalar (yoki bola kamoloti uchun mas’ul shaxslar) 
tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama etuk, sog’lom etib 
tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
 
Pedagogik tashxis
- o’quvchi va o’quvchilar jamoasi shaxsiyatini ta’lim-
tarbiya jarayoniga individual va differentsial yondoshuvni ta’minlash uchun 
o’rganish. 
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari
shaxsni tarbiyalash, unga muayyan 
yo’nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, ob’ektiv va 
sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va 
qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin