Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Pedagogik qarovsizlik
- shaxs rivojlanishiga barcha omillar majmuasining 
dezintegratsiya ta’siri oqibati. Ular avvalambor to’laqonli individual-psixologik 
rivojlanishni ta’minlovchi etakchi faoliyat turlarini qoniqarsiz o’zlashtirishda 
namoyon bo’ladi. 
Pedagogik talab
- turli harakatlarni bajarish, muayyan faoliyat jarayonida 
ishtirok etishda o’quvchi amal qilishi zarur bo’lgan ijtimoiy xulq-atvor 
me’yorlarini ifodalovchi vazifa; tarbiyaning eng muhim usuli. 
Professional ijtimoiy pedagogik faoliyat
- bolalar va o’smirlarni o’rab 
turuvchi mikrojamiyatda ijtimoiy tarbiyasi bo’yicha bosqichma-bosqich ish olib 
borish bo’lib, bolalarning muvaffaqiyatli adaptatsiyasi, individuallashuvi va 
integratsiyasiga qaratilgan. Uning ob’ekti bola hisoblanib, predmeti-bolalarning
ijtimoiy tarbiyasi jarayonidir. 
Rag’batlantirish
- tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy 
baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko’ngilini ko’tarish va uni qo’llab-
quvvatlash usuli. 
Rahmdillik 
- kimgadir yordam berishga tayyor bo’lish yoki kimnidir 
hamdardlik, insonparvarlik tufayli kechirish. 


163 
Reabilitatsiya 
- bemorning psixofizik imkoniyatlari doirasida normal mehnat 
va hayotga qaytishi. Bu avvalambor tibbiyot yordamidan insonning jismoniy 
nuqsonlarini bartaraf etish, ikkinchidan maxsus o’quv metodlarini qo’llash, 
uchinchidan professional tayyorgarlik asosida erishiladi. 
Referent guruh
- inson uchun o’lchov birligi hisoblangan tavsiyalar, 
ma’lumotlar. 
Refleksiya 
- insonning ichki ruhiy faoliyati bo’lib, o’z xatti - harakatlari, 
xislatlari, holatlarini anglab olishga qaratilgan; insonning o’z ma’naviy dunyosini 
anglab olishi. 
Rivojlanish
 
– shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon 
bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab 
jarayon.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin