Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

O’z-o’zini tarbiyalash metodlari
- o’quvchilarning o’zini o’zi idora qilishlari, 
turli o’quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta’minlash, ularning 
ijtimoiy mavqelarini oshirish maqsadida qo’llaniluvchi usullar. 
O’z-o’zini tahlil (nazorat) qilish
- o’z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, 
xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf 
etishga qaratilgan faoliyat usuli. 
O’z-o’zini qayta tarbiyalash
 
– shaxsning o’zidagi salbiy odatlar, xarakteridagi 
zararli sifatlarni yo’qotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati 
jarayoni. 
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi
- yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy 
mudofaaga tayyorlash, ularda favqulodda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish 
ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon. 
Hikoya 
ota-onalar tomonidan dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki 
qismlarga bo’lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo’li bilan ixcham, 
qisqa va izchil bayon qilinishi. 
Huquqiy madaniyat
– shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning o’zlashtirilishi 
hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish darajasining sifat ko’rsatkichi. 
Huquqiy ong
- muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan 
tasavvur, idrok, tafakkur va e’tiqodlar tizimi bo’lib, ijtimoiy-psixologik hodisa 
sifatida murakkab tuzilishga ega. 
Huquqiy tarbiya
- shaxs tomonidan o’zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar 
negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish ko’nikma va malakalarini hosil qilish, 
unda ijobiy huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni 
shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon. 
Huquqiy ta’lim
- o’quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar hamda ijtimoiy-
huquqiy munosabatlar mohiyati to’g’risidagi tizimlangan bilimlarni berish, ularda 
huquqiy bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni 
shakllantirish jarayoni. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin