Shaxsning hayot tarzi - maqsadga muvofiq shakllangan qiziqishlar, faoliyat
turlari va hayot yo’llari tizimi.
Shaxsning o’z-o’zini rivojlantirishi - bu insonning o’z hayotiy faoliyatining
sub’ektiga aylanishidir. Sub’ektlik-insonning hayotdagi faol, mustaqil holati va
maqomi. U inson tug’ilishidanoq unga xos bo’lib, uning ilk psixologik namoyon
bo’lishi bolaning jonlanishi hisoblanadi. Yosh o’tgan sari u o’z shakllarini
o’zgartiradi-insonda axloqiy, estetik, ijtimoiy va psixologik qo’zg’atuvchi
sabablar paydo bo’ladi. Inson o’z-o’zini anglash, muomala va faoliyat sub’ektiga
aylanadi. Bu faollik ham shaklan ham mazmunan o’zgaradi. Inson qanchalik yoshi
o’tsa u shunchalik ko’proq o’z-o’zini rivojlantirish sub’ekti bo’ladi.
Xayriya - alohida shaxslar yoki tashkilotlar tomonidan kam ta’minlangan
oilalar, muhtojlarga ko’rsatiladigan yordam.
Homiylik - voyaga etmaganlarning (boshqa toifa insonlarning ham) shaxsiy va
mulkiy huquqlarini himoya qilish shakli, ya’ni homiylikda vasiylikka qaraganda
ancha keng toifadagi bolalar huquqlari himoya qilinishi mumkin.
Xuquqbuzarlik - biror-bir huquqni buzuvchi har qanday xatti-harakat.
Huquqbuzarliklar ijtimoiy xavfli harakat va jinoyatlarga bo’linadi.
Usul - muayyan o’quv materialini o’zlashtirishda qo’llanilayotgan asosiy
ta’lim metodi bilan birga ikkinchi bir ta’lim metodining ayrim elementlaridan
foydalanish.
Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil
etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko’rinishi.
Fuqaro – fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat
(davlat) a’zosi bo’lgan shaxs.
Fuqarolik – huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish, ma’lum
huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas’ullik bilan yondoshuv,
mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma’naviy etuklik asosida muayyan davlatga
mansublik.