Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Shaxsning hayot tarzi
- maqsadga muvofiq shakllangan qiziqishlar, faoliyat 
turlari va hayot yo’llari tizimi.
Shaxsning o’z-o’zini rivojlantirishi
- bu insonning o’z hayotiy faoliyatining 
sub’ektiga aylanishidir. Sub’ektlik-insonning hayotdagi faol, mustaqil holati va 
maqomi. U inson tug’ilishidanoq unga xos bo’lib, uning ilk psixologik namoyon 
bo’lishi bolaning jonlanishi hisoblanadi. Yosh o’tgan sari u o’z shakllarini 
o’zgartiradi-insonda axloqiy, estetik, ijtimoiy va psixologik qo’zg’atuvchi 
sabablar paydo bo’ladi. Inson o’z-o’zini anglash, muomala va faoliyat sub’ektiga 
aylanadi. Bu faollik ham shaklan ham mazmunan o’zgaradi. Inson qanchalik yoshi 
o’tsa u shunchalik ko’proq o’z-o’zini rivojlantirish sub’ekti bo’ladi. 
Xayriya 
- alohida shaxslar yoki tashkilotlar tomonidan kam ta’minlangan 
oilalar, muhtojlarga ko’rsatiladigan yordam. 
Homiylik 
- voyaga etmaganlarning (boshqa toifa insonlarning ham) shaxsiy va 
mulkiy huquqlarini himoya qilish shakli, ya’ni homiylikda vasiylikka qaraganda 
ancha keng toifadagi bolalar huquqlari himoya qilinishi mumkin.
Xuquqbuzarlik
- biror-bir huquqni buzuvchi har qanday xatti-harakat. 
Huquqbuzarliklar ijtimoiy xavfli harakat va jinoyatlarga bo’linadi. 
Usul 

muayyan o’quv materialini o’zlashtirishda qo’llanilayotgan asosiy 
ta’lim metodi bilan birga ikkinchi bir ta’lim metodining ayrim elementlaridan 
foydalanish. 
Faoliyat
- shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil 
etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko’rinishi. 
Fuqaro
 
– fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat 
(davlat) a’zosi bo’lgan shaxs. 
Fuqarolik
 
– huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish, ma’lum 
huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas’ullik bilan yondoshuv, 
mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma’naviy etuklik asosida muayyan davlatga 
mansublik. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin