Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha adapto - moslashish) – anomal bolalar
individual yoki guruhli xulqlarining ijtimoiy qadriyatlar va xulq-atvor qoidalari
tizimiga mos kelishi.
Ijtimoiylashuv – ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi asosida
shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi.
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar - o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy
sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-
tuyg’usi va irodasiga ta’sir ko’rsatish usullari.
Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik
g’oyalarning tutgan o’rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo’naltirish
muammolarini o’rganadi
. Ijtimoiy reabilitatsiya (yunoncha rehabilitas – layoqati, qobiliyatini tiklash) -
anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlariga tayangan holda uning ijtimoiy
munosabatlar jarayonida ishtirok etishi uchun zarur sharoit yaratish, ijtimoiy
faoliyat va mehnatga jalb etish.
Izohlash (tarbiya metodi sifatida) – tarbiyalanuvchiga hissiy-og’zaki ta’sir
etish usuli.
Ilmiy duyoqarash - uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta
o’zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida
barqarorlashgan dunyoqarash shakli.
Ilmiy tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy
voqea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuv.
Ilmiy qarash (yunoncha «idea» - g’oya, tasavvur, tushunchalar yig’indisi) -
muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan
fikr, g’oya.
Individ ( lotincha “individium” bo’linmas, yagona, alohida degan ma’nolarni
anglatadi) – xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi
biologik mavjudot.