Nafosat didi - shaxsning buyum yoki hodisaga nisbatan munosabat bildirish
turi, ob’ektiv nafosat o’lchovi.
Nafosat madaniyati - go’zallikni his etish, undan zavqlanish, mavjud
go’zalliklarni asrash va boyitish yo’lida o’zlashtirilgan bilim hamda amalga
oshiriladigan nafosat faoliyatini tashkil etish darajasining sifat ko’rsatkichi.
Nafosat ongi - go’zallik, go’zallikni his etish, uning mohiyatini anglash,
nafosat his-tuyg’usi, nafosat didi kabi tushunchalarning ongda aks etishi.
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya- lotincha «estezio» go’zallikni his qilaman) -
o’quvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari va turmush
go’zalliklarini anglash, idrok etish va to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy
didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish, ular tomonidan go’zallikni
yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy
tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Oila – kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush
tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o’zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi.
Oilaviy munosabatlar – ota-onalar (yoki bolaning kamoloti uchun mas’ul
bo’lgan shaxslar) hamda farzandlar o’rtasida turli yo’nalishlarda tashkil etiluvchi
munosabatlar.
Oila tarbiyasi – ota-onalar (yoki bola kamoloti uchun mas’ul shaxslar)
tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama etuk, sog’lom etib
tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
Pedagogik tashxis - o’quvchi va o’quvchilar jamoasi shaxsiyatini ta’lim-
tarbiya jarayoniga individual va differentsial yondoshuvni ta’minlash uchun
o’rganish.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari – shaxsni tarbiyalash, unga muayyan
yo’nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, ob’ektiv va
sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va
qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari.