Ekologik faoliyat - ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-muhit
muhofazasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar majmui.
Estetik tarbiya - o’quvchilarni tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari,
turmush go’zalligini idrok etish, to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy
didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish va hayotiga go’zallik olib
kirish qobiliyatini tarbiyalash jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
E’tiqod - dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy- falsafiy, huquqiy,
ma’naviy-axloqiy, estetik iqtisodiy, hamda ekologik bilimlarning takomillashgan
ko’rinishi; muayyan g’oyaga cheksiz ishonch.
O’zaro munosabatlar - jamoada ijtimoiy psixologik iqlimni shakllantirish
asosi.
O’z-o’zini aktuallashtirish - insonning o’z shaxsiy imkoniyatlarini to’liq
aniqlashga va rivojlantirishga qaratilgan doimiy intilish.
O’z-o’zini anglash - inson ongining eng oliy irodasi bo’lib, o’zi haqidagi
tasavvurlar, xulq-atvori, faoliyati, ehtiyojlarini anglashdan namoyon bo’ladi.
O’z-o’zini tarbiyalash - insonning o’zida ijobiy xislatlarni shakllantirish va
salbiy xislatlarni bartaraf etishga qaratilgan, tashkillashtirilgan faoliyati.
Qadriyatlar - harakat usuli, metodikasi va uning individual etimga aylanishi
uchun shart-sharoit yaratish.
Qurilma (ustanovka) - muayyan xulq-atvor, tasavvurni boshdan kechirishga
tayyor bo’lish. Qurilmalar faoliyatning barqaror kechishini belgilab berishadi.
Agar shaxsiy qurilmalar kasbiy faoliyatning xarakterini belgilab bersa ijtimoiy
167
qurilmalar mutaxassisning mijoz bilan o’zaro munosabati usullariga oydinlik
kiritadi.