Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Vasiylik  - muomalaga layoqatsiz shaxslarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini  himoya qilish.  Vatanparvarlik



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Vasiylik 
- muomalaga layoqatsiz shaxslarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini 
himoya qilish. 
Vatanparvarlik
(lotincha «patriotes» – vatandosh, «patris» – vatan, yurt) - 
shaxsning o’zi mansub bo’lgan millat, tug’ilib o’sgan vatani tarixidan 
g’ururlanishi, buguni to’g’risida qayg’urishi hamda uning porloq istiqboliga 
bo’lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat. 
Verbal
– bilim (ma’lumot, axborot)larni so’z yordamida (og’zaki) etkazib 
berish, ifoda etish. 
 
Gnoseologiya 
(yunon tilidan gnosis – bilim, ong, o’rganish) – bilish, ilmiy 
bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur 
shakllari, shuningdek, insonga xos bo’lgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi 
nazariya, ta’limot. 
Deviant xulq atvor
- ijtimoiy yoki axloqiy normalarga mos kelmaydigan xulq-
atvor. 
Delinkventlik (ing. “gunohkorlik”)
- o’rnatilgan normalarni buzuvchi va 
huquqbuzarlikka olib keluvchi xulq-atvor. 
Dinamik steriotip
- bosh miya faoliyatining fiziologik shakli bo’lib, inson 
xatti-harakatining shartli reflektor tartibida namoyon bo’ladi. Ularga insonning 
odatlari, oddiy mehnat ko’nikmalari kiradi. 
Dunyoqarash
- tabiat, jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining 
rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimi. 
Etim bolalar
- 18 yoshgacha bo’lgan bir yoki ota-onasining ikkisi ham vafot 
etgan bolalar. 
Etimlik 
- jamiyatda ota-onasidan judo bo’lgan bolalarning borligi bilan 
izohlanadigan ijtimoiy hodisa. 
Jazolash 
- tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berish 
usuli. 
Jamoa
(lotincha «kollektivus» so’zining tarjimasi bo’lib, yig’ilma, omma, 
birgalikdagi majlis, birlashma, guruh kabi ma’nolarni anglatadi) - bir necha a’zo 
(kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida 
tashkil topgan guruh. 
Jinsiy tarbiya
- o’zida shaxsni jinsiy jihatdan chiniqtirish, ularni tozalik va 
ozodalikka o’rgatish, o’z sog’ligi uchun g’amxo’rlik qilish va mas’uliyatli 
bo’lishni ta’minlashga qaratilgan pedagogik faoliyat mazmuni. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin