Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Tg’R 
Guruhlar 
Topshiriqlar mavzusi 
1. 
1-guruh 
Oilaning yoshlarni tarbiyalash borasidagi pedagogik hamkorligi 
negizidagi vazifalari 
2. 
2-guruh 
Mahallaning yoshlarni tarbiyalash borasidagi pedagogik hamkorligi 
negizidagi vazifalari 
3. 
3-guruh 
Maktabning yoshlarni tarbiyalash borasidagi pedagogik hamkorligi 
negizidagi vazifalari 
Topshiriqni bajarish chog’ida guruhlarning e’tiboriga quyidagi matnlar taqdim 
etiladi: 
I. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligi negizida oila 
tomonidan bajariladigan vazifalar: 
-
oilada sog’lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish, 
farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o’rnak bo’lishi, farzandlarning ota-
onasiga, Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish, o’zaro g’amxo’r bo’lishni 
ta’minlash; 
-
oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a’zolarining o’z huquq va 


140 
burchlarini anglab etishlarini va ularga rioya qilishlarini ta’minlash; 
-
farzandlarga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma’rifatli va 
ma’naviyatli kishilar bo’lib etishishlarini ta’minlash; 
-
bozor munosabatlariga mos bo’lgan kasb-hunar o’rgatish, iqtisodiy 
tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish; 
-
bolalarning ma’naviy barkamol va jismonan sog’lom bo’lishlari uchun 
iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish; 
-
bolalarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, istiqlol g’oyalari va milliy mafkuraga 
sadoqat ruhida tarbiyalash; 
-
bolalarning bo’sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib unumli 
tashkil qilish, ularga qo’shimcha ta’lim berish; 
-
farzandlarida mavjud bo’lgan iste’dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur 
sharoitlarni yaratish; 
-
o’z farzandlarining maktab, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi burchlarini 
to’la ado etishlari uchun oilada mas’uliyatli bo’lish; 
-
ota-onalar o’zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini doimo 
oshirib borishi; 
-
bolalarda tejamkorlik va ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish; 
-
oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo’nalishlarini uyg’un 
holda bosqichma-bosqich amalga oshirishdagi mas’ulligini ta’minlash; 
-
bolalarda sanitariya-gigienik, ekologik ko’nikmalarni shakllantirish, diniy 
aqidaparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlikka qarshi immunitetni hosil qilish; 
-
sog’ligida va aqliy nuqsonlari bo’lgan farzandlariga hayot talablariga mos 
ravishda bilim va kasbu-kor o’rgatish. 
II. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligi negizida 
mahalla tomonidan bajariladigan vazifalar: 
-
mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda ta’lim-
tarbiya jarayonida amalga oshirilishi kerak bo’lgan masalalarni muhokama qilishda 
qatnashish va oqilona echimlarini topishda faollik ko’rsatilish; 
-
mahalla o’z hududidagi ijtimoiy va iqtisodiy yordamga muhtoj oilalarni 
aniqlab, ularni qo’llab-quvvatlash va farzandlarining bilim hamda tarbiya 
olishlariga bosh-qosh bo’lish; 
-
ma’nan nosog’lom oilalarni mahalla yig’inlarida muhokama qilish, ularga 
nisbatan jamoatchilik choralarini ko’rish; 
-
mahalla hududidagi o’quv-tarbiya muassasalariga iqtisodiy va ijtimoiy 
yordam ko’rsatilishini qo’llab-quvvatlash; 
-
ota-onalar orqali bolalarda tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, milliy g’urur, 
vatanparvarlik, milliy odob, baynalmilallik kabi xislatlarini tarbiyalash; 
-
yoshlarning diniy mazhablar va sektalar, aqidaparastlikning mohiyatini 
to’g’ri anglab etishiga ota-onalar orqali ta’sir ko’rsatish, ajdodlarning tarbiyaviy 
o’gitlarini singdirib borish; 
-
mahalla yig’inlarida milliy davlatchilik va milliy mafkura g’oyalarini, 
iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda respublikada erishilayotgan yutuqlar targ’ibotini 
tashkil etuvchi tadbirlarni uyushtirish; 


141 
-
Respublika “Ma’naviyat targ’ibot” markazi, “Sog’lom avlod uchun”, 
“Mahalla”, “Ekosan”, “Nuroniy”, “Kamolot” jamg’armalari, xotin-qizlar 
qo’mitalari, turli jamiyatlar, birlashmalar va ijodiy uyushmalarni yosh avlodni 
milliy istiqlol g’oyalari asosida tarbiyalash ishiga, muammoli masalalarning 
echimini topishga faol jalb qilish; 
-
mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarining 
imkoniyatlarini o’quv-tarbiya muassasalari moddiy negizini mustahkamlashga 
yo’naltirish; 
-
mahalla hududida o’quv-tarbiya muassasalari bilan birgalikda turli ko’rik-
tanlovlar, sport musobaqalari, anjumanlar, bayram va bellashuvlar tashkil qilish; 
-
turli yo’nalishda iqtidorli o’quvchilarni maktablar tavsiyasiga ko’ra ijtimoiy 
va iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash; 
-
ilg’or pedagogik xodimlar, tarbiyachilarga mahalla imkoniyatlaridan kelib 
chiqib, har tomonlama yordam ko’rsatish; 
-
farzandlariga ta’lim va tarbiya berishda ijobiy natijalarga erishayotgan, 
namunali oilalar hayot tajribasini ommalashtirib, mahalla hududida “Oila 
saboqlari” mashg’ulotlarini tashkil qilish; 
-
mahallada istiqomat qilayotgan xalq ustalari, san’atkorlar, ziyolilar va 
barcha ijodkorlarning imkoniyatlaridan foydalanib, bilim, kasb sirlarini o’rgatishga 
asoslangan turli to’garak va “Ustoz-shogird” rusumida faoliyatini yo’lga qo’yish; 
-
mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan mahallada 
istiqomat qilayotgan va moddiy qiynalgan yoshlar uchun ish joylari kvotasining 
ajratilishiga erishish; 
-
yoshlarda O’zbekistonga, uning tabiatiga muhabbat, tarixiga qiziqish, 
mahalla obodonligi, ahilligi uchun javobgarlik ruhini shakllantirish. 
III. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligi negizida 
maktab tomonidan bajariladigan vazifalar: 
-
maktabda bolaga biron-bir kasb-korni egallashi uchun mustahkam poydevor 
yaratish; 
-
o’quvchi-yoshlarning sport turlari bilan shug’ullanishlariga yordam berish, 
ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishni tashkil qilish; 
-
bolalarga ta’lim berishni ilg’or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o’quv-
uslubiy dasturlar asosida tashkil etish, o’quv-tarbiya jarayonlarini jahon 
andozalariga mos ravishda ta’minlash; 
-
o’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlari tahlilidan, iqtisodiy va ijtimoiy 
muhitdan kelib chiqib, ularni turli soha bo’yicha kasb asoslariga yo’naltirish va 
ta’limda tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish; 
-
yosh oilalar bilan ishlash, tibbiy tarbiyaviy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, 
ijtimoiy tushunchalar berish uchun maxsus tadbirlarni amalga oshirish; 
-
o’z hududidagi mahalla jamoalarining faoliyatini tarbiyaviy maqsad yo’lida 
muvofiqlashtirish; 
-
tarbiyasi “og’ir”, qarovsiz qolgan bolalarning ota-onalari bilan ishlash, 
oilalarga pedagogik yordam berish; 
-
bola tarbiyasi yaxshi yo’lga qo’yilgan oilalarni tegishli idoralar 


142 
hamkorligida o’rganib, tajribalarini ommalashtirish; 
-
o’qish va ishlashni xohlamaydigan, bezorilik yo’liga kirib ketgan o’smirlarni 
hisobga olib, ularga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda zarur choralar ko’rib, ota-
onalar yig’inlarida muhokama qilish; 
-
tarbiya sub’ektlari bo’lmish huquqiy, tibbiy, ijodiy uyushmalar, yoshlar, 
tabiatni muhofaza qilish va “Ekosan”, “Qizil yarim oy”, barcha jamg’arma va 
jamoatchilik markazlari, ommaviy axborot vositalari, inson huquqlari bo’yicha 
milliy markazlar, kasaba uyushmalari, nodavlat tashkilotlari, ishlab chiqarish 
korxonalari, mahalliy boshqaruv idoralarining bola tarbiyasiga bo’lgan mas’uliyat 
va javobgarligini muvofiqlashtirish; 
-
turar joyda va mahallada olib borilayotgan barcha tarbiyaviy, ma’naviy, 
ma’rifiy, madaniy-ommaviy va sport tadbirlari markazi – maktab bo’lishiga 
erishish; 
-
o’quvchi-yoshlar, ota-onalar, jamoatchilik bilan huquqiy tarbiyani amalga 
oshirish, tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari orasida milliy mafkurani 
targ’ib qilish, aqidaparastlik va milliy taraqqiyotimizga zararli g’oyalarning kirib 
kelishiga qarshi murosasiz kurashishni tashkil etish; 
-
ta’lim muassasalari nizomlari asosida o’quvchilarning maktabda joriy 
qilingan tartibga amal qilishlarini va nizomda belgilangan o’quvchilar libosida 
ta’lim va tarbiya jarayoniga qatnashishlarini ta’minlash; 
-
mahallada, xotin-qizlar orasida zamonaviy bilimlarni targ’ib qilish, o’smir 
yoshlarning dunyoviy bilimlarga bo’lgan intilishlarini rag’batlantirish; 
-
maktab negizida pedagogik, huquqiy, psixologik, ma’naviy va ma’rifiy 
bilimlar beruvchi “Ota-onalar universitetlari” faoliyatini tashkil qilish. 
2. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va maktab hamkorligi mohiyatini aks 
ettiruvchi klasterni yaratishda akademik guruh jamoa bo’lib ishlaydi. Klasterlar 
“Klaster” grafik organayzeri vositasida yaratiladi. Bunda o’qituvchi har bir 
talabaning faol ishtirok etishini nazorat qilib borishi zarur. Klasterlarni 
shakllantirish jarayonida bildirilgan har bir g’oya inobatga olinadi. Yaratilgan 
klasterning mazmunini muhokama qilish jarayonida esa bir-birini takrorlovchi 
g’oya va fikrlar tahlil qilinadi. Takroriy bildirilgan g’oyalar aniqlanib, 
takrorlanishlar bartaraf etiladi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin