Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligida tashkil etiladigan



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligida tashkil etiladigan 
pedagogik faoliyat mazmuni.
Oila, mahalla, ta’lim muassasalari hamkorligini 
ta’minlash samaradorligini oshirishga qaratilgan ushbu ustivor masalalar mazmuni
quyidagi samarali faoliyat shakl, metod va vositalarni amaliyotga tatbiq etishni 
taqoza etadi. 
Mahallada va ta’lim muassasalarida qolaversa, mehnat jamoalaridagi yoshlar 
o’rtasida vatanparvarlik tuyg’usi va mamlakatda ro’y berayotgan voqealarga 
dahldorlik hissini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni o’tkazish tartibi, 
namunaviy stsenariy va tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, 
jumladan: 
- davlat bayrog’i, madhiyasi va boshqa davlat ramzlariga
hurmat tuyg’usini tarbiyalash bilan bog’liq tadbirlar; 
- o’quvchilik, talabalik va mehnat jamoalari safiga
tantanali ravishda qabul qilish marosimlarini o’tkazish; 
- umumiy bayramlar, ijtimoiy hayotimizni o’zida aks ettirgan
tadbirlarni va boshqalar sog’lom avlodni shakllantirishning
ma’naviy poydevorini mustahkamlashning muhim negizi hisoblanadi. 
Shuningdek, yoshlarning psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, 
pedagoglar, psixologlar va huquqshunoslar hamkorligida maktabgacha ta’lim 
muassasalari tarbiyalanuvchilari hamda o’quvchi va talabalarning huquqiy 
bilimlarini oshirishga qaratilgan sodda, ravon tilda bayon qilingan huquqiy 
axborotlarni o’z ichiga olgan buklet, qonunlarga sharh, ma’lumotnoma va tarqatma 
materiallar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bu boradagi hamkorlikni 
metodik ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Sog’lom avlodni shakllantirishda yuqorida ko’rsatilgan yo’nalishlarda olib 
boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining zamonaviy shakllaridan ko’rik tanlov, 
seminar-trening, savol-javob kechasi, o’quv seminari, bahs-munozara, uchrashuv, 
reyd, davra suhbati, muloqot, ilmiy-amaliy konferentsiya, sport musobaqalari, 
kitoblar aktsiyasi, taqdimot, she’rxonlik kechasi, do’stlik festivali va boshqalardan 
foydalanish ularning ijtimoiy faolligini oshirishda, sog’lom oilaga tayyorlashda
sog’lom turmush madaniyatini shakillantirishda samaradorlikning garovidir.
O’zaro hamkorlik dasturi asosida o’tkaziladigan mazkur tarbiyaviy tadbirlar 
ota-onalar, tarbiyachi ota-onalar va keng jamoatchilik hamkorligida yoshlarning 
yosh va psixologik xususiyatlarini, ijtimoiy turmush tarzini, oilaviy sharoitini, 
imkoniyatlarini, qiziqishlarini hamda yoshlarga oid davlat siyosatini mohiyatidan 
kelib chiqqan holda tashkil etilgan taqdirdagina u o’zining ijobiy samarasini 
berishi tabiiydir.
Sog’lom avlodni tarbiyalash va shakillantirishda jamiyatdagi barcha 
institutlarning yoshlar ta’limi va tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi mutassadilarining 
pedagogik, psixologik, tibbiy bilimga ega bo’lishlari davr talabidir.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin