158
Axloqiy ong
–
shaxsga axloqiy me’yorlar va xulq-atvor qoidalari to’g’risidagi
nazariy bilimlarni berish asosida hosil qilinuvchi ong shakli.
Axloqiy tarbiya
– muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi
zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari,
mezonlarini o’quvchilar ongiga singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy
faoliyat ko’nikmalari va axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan
pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Aqliy tarbiya
- shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilimlarni
berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga
yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Baynalminallik
(«inter» – orasida, o’rtasida, aro, «natio» – xalq)– o’zga millat
va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili hamda
vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga ziyon etkazmaslikni ifoda
etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilat.
Bilim
–
shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar
ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar
majmui.
Bilim olish
– borliqni idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba
asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib,
mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni.
Dostları ilə paylaş: