Bilish - ob’ektiv borliqning inson ongida aks etish shakli; ilmiy bilimlarni
o’zlashtirish jarayoni.
Bolalar jinoyatchiligi - salbiy ijtimoiy huquqiy hodisa bo’lib, voyaga
etmaganlar tomonidan sodir etiladigan barcha g’ayri huquqiy xatti-harakatlar
majmuasi hisoblanadi.
Bolaning ijtimoiylashuvi - uning ijtimoiy hayotga qo’shilishi bo’lib, shu
jamiyatda xos bilimlar, qadriyatlar, norma-qoidalar, xulq-atvor namunalarini
o’zlashtirishdan iborat. (M.Galaguzova)
Bolaning ijtimoiy adaptatsiyasi - bolaning ijtimoiy muhit sharoitlariga faol
ko’nikishi, bolaning ijtimoiy muhit bilan o’zaro munosabatlari turi.
Bolaning ijtimoiy dezadaptatsiyasi - uning ijtimoiy muhit sharoitlariga
muvaffaqiyatli ko’nikishiga to’sqinlik qiluvchi ijtimoiy ahamiyatga ega
xislatlarning yo’qotilishi.
Bolalikni ijtimoiy himoyalash - qonunchilik va bola huquqlari to’g’risidagi
xalqaro konventsiyada mustahkamlangan voyaga etmaganlar huquqlarining
kafolatini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar. Bu bolalarning optimal biologik
va ijtimoiy rivojlanishini, ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarga ko’nikishini ta’minlab
beruvchi huquqiy, iqtisodiy, tibbiy va psixologik-pedagogik choralar kompleksidir.
Bolalarga ijtimoiy yordam ko’rsatish - ijtimoiy himoyaning shakllaridan biri
bo’lib, kam ta’minlangan oilalar farzandlarining hayotiy ehtiyojlarini qondirishga
qaratilgan ijtimoiy chora-tadbirlar majmuasi- ijtimoiy pedagog bolalarga turli
yordam ko’rsatadi. Biroq ularning ichida ustuvor yordam bolalikni ijtimoiy
pedagogik qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.
Bolalikka olish - bolalikka oluvchi va bolalikka olinuvchi o’rtasida ota-ona va
farzandlar o’rtasida mavjud huquq va majburiyatlarni o’rnatuvchi yuridik akt.