Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


matriarxat  (lot. “mater” – ona va  “arche” – ibtido, hokimiyat; aynan “ona hukmronligi”)  davri



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

matriarxat
 (lot. “mater” – ona va 
“arche” – ibtido, hokimiyat; aynan “ona hukmronligi”) 
davri
 deb ataladi. 
“Matriarxatda ayollar hukmron mavqega ega bo’lgan, mulk va nasl-nasab 
sotsial mavqe ona urug’i bo’yicha o’tgan, nikohdan so’ng er xotin jamoasiga 
ko’chgan (matrilokal nikoh) yoki er va xotin o’z jamoalarida alohida-alohida 
yashagan”
53
.
Ona urug’ini bir-biri bilan qon-qarindosh bo’lgan, kelib chiqishi 
52
Каримов И.А. Ўзбекистон миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура – Тошкент: Ўзбекистон, 1996. – 14 
-бет .
53
Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. Конимех – Мирзокуш / 6-том. – Тошкент: “Ўзбекистан миллий 


64 
jihatidan bir urug’dan tarqagan kishilar guruhi tashkil etdi. Urug’ jamoasi 
o’rtasidagi munosabatlar guruhli nikohga asoslangan. Ushbu nikohga ko’ra ota 
noma’lum bo’lib, qon-qarindoshlik ona urug’i bo’yicha aniqlangan.
Ijtimoiy munosabatlarning takomillashuvi, moddiy boyliklarning yaratilishi 
natijasida birgalikda xo’jalikni boshqarish hamda o’z bolalarini tarbiyalovchi er-
xotin ittifoqi ko’rinishida 
monogom 
(yun. “monos” – bir, yakka, yagona, “gamos” 
– qo’shilishi; bir nikohlilik) oilalar shakllandi. 
Monogam oilalar “ibtidoiy jamiyatning emirilishi davrida juft nikoxdan paydo 
bo’lib, nikohning hukmron shakliga aylangan”
54

Neolit (yangi tosh) davriga kelib, nikoh bobida garchi ikki urug’ jamoasi 
o’rtasida guruhli nikoh hukmronlik qilgan bo’lsa-da, biroq, nikoh tub mohiyati 
bilan o’zining dastlabki bosqichdagi holatidan farq qilgan. Keyinchalik matriarxal 
urug’ jamoasi negizida juftlikka asoslangan nikoh va oila vujudga kelgan. Unga 
ko’ra ayollar o’z farzandlarining otalaridan urug’ jamoasi manfaati uchun mehnat 
qilishni talab qiladigan bo’ldi. Ayollar o’zlari uchun doimiy juftni tanlay 
boshlagan. Ushbu davrda erkaklar o’zlari mansub bo’lgan urug’ hamda xotinining 
urug’i uchun ham mehnat qilishga majbur bo’lgan. Garchi juftlikka asoslangan oila 
shakllangan bo’lsa-da, biroq, ayolning oiladagi huquqlari cheksiz bo’lganligi 
sababli erkaklar ularga tobe edi.
Matriarxal davrdan keyin shakllanib, hozirga qadar mavjud bo’lgan oila 
shakli – katta erkak etakchiligida bir necha avlodni birlashtirgan 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin