Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

4.
Adovatli oilalar
.
Farzandlar uchun oila – ular yoqtirmaydigan maskan. Ota-
onalar o’z farzandlariga ishonmaydi, ularga nisbatan ishonchsizlik bildiriladi.
Bolalar tez-tez jismonan jazolanadi. Farzandlar bir-birlari bilan ahil emas, shu 
bilan birga ota-onalariga yomon munosabatda bo’lishadi. Oilada farzandlar o’zaro 
hamda tengdoshlari bilan hamjihat bo’la olishmaydi. Ta’lim muassasasiga nisbatan 
salbiy munosabat shakllangan. Qolaversa, farzandlarning ba’zan oiladan qochib 
ketish holatlari ham kuzatiladi. Oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlar shunday 
mexanizmga asoslangan: farzandlarning xulq-atvori, hayotiy qarashlari oilada 


68 
ziddiyatlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi, munosabatlar jarayonida hamisha 
ota-onalar haq bo’ladi. Buning sababi – ota-onalarning hayotiy tajribaga egaliklari, 
yosh xususiyatlariga ko’ra farzandlar tomonidan ota-onalarning oila rivojidagi 
o’rni, rolining to’g’ri baholay olinmasligi hisoblanadi. Ota-onalar ko’p holatlarda 
farzandlarning hulq-atvoridan asosli ravishda xafa bo’lishadi. Biroq, aynan shu 
holat, bir tomondan, farzandlarning o’qishlariga ziyon etkazsa, ikkinchi tomondan,
ularning amoral xulq-atvorga ega bo’lishlariga sabab bo’ladi. Ushbu vaziyatlardan 
chiqish uchun ota-onalar farzandlarining xulq-atvor motivlarini etarli darajada 
anglashga urinishlari, ular tomonidan ko’rsatilayotgan vaj (bahona) va dalillariga 
alohida e’tibor qaratishlari talab etiladi.
5.
Antisotsial oilalar
.
Bu turdagi oilaning farzandlari uchun oila – bolalar 
uchun ularni kutmaydigan, sevmaydigan kishilar istiqomat qiluvchi boshpana 
sanaladi. Ota-onalar amoral hayot tarzini o’zlashtirib olishgan. Ular o’zaro 
ziddiyatlarga borishadi, o’zaro munosabatlarda bir-birlariga hamda bolalarga 
po’pisa qilishadi, spirtli ichimliklar iste’mol qilishadi. Mazkur oilalar tomonidan 
bolalarga ko’rsatiladigan har qanday ta’sir salbiy xususiyatga ega. Bunday 
oilalarda yashayotgan bolalar ko’p holatlarda davlat qaramog’iga olinadi
56

Ijtimoiy pedagogika sohasida uzoq yillar davomida bir qator tadqiqotlar olib 
borgan M.A.Galaguzova ijtimoiy holati nuqtai nazardan oilalarning quyidagi 
turlarini ajratib ko’rsatish taklifini ilgari surgan (8-rasm): 
Quyida M.A.Galaguzova tomonidan kuo’rsatilgan oilalar turlariga xos 
xususiyatlar yuzasidan so’z yuritiladi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin