Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

4. Asotsial oilalar.
Bu turdagi oilalarning ijtimoiy holati ularni tubdan isloh 
qilishni talab etadi. Mazkur oilalarda ota-onalar amoral, g’ayriqonuniy hayot 
kechirishadi. Ularning yashash sharoitlari eng oddiy sanitariya-gigienik talablarga 
ham javob bermaydi. Tabiiy ravishda bolalarning tarbiyasi bilan hech kim 
shug’ullanmaydi. Shu sababli bolalar nazoratsiz qolishgan. Ular doimiy ravishda 
yarim och holda yurishgani uchun jismoniy rivojlanishda ortda qolishgan. Ijtimoiy 
pedagog ushbu oilalar bilan ish olib borganda huquqni muhofaza qilish, vasiylik va 
homiylik organlari bilan yaqindan aloqa o’rnatishi zarur. 
Oilalar turining xilma-xilligi ularning u yoki bu jihatni asos qilib olganligini 
tasdiqlaydi. Bu esa turli oilalarda farzandlar tarbiyasini tashkil etish jarayonining 
murakkabligidan dalolat beradi. 
Har bir oilaning hayoti ko’p jihatli, ya’ni, ijtimoiy-biologik, xo’jalik-iqtisodiy, 
axloqiy va psixologik munosabatlarga asoslanishi bilan tavsiflanadi. Shunga ko’ra 
oilaning rivoji muayyan bosqichda ma’lum vazifaning bajarilishi, yangi vazifaning 
o’rtaga qo’yilishi, shuningdek, oila a’zolari ijtimoiy faoliyati ko’lamining 
kengayishi, faollik darajasining ortib borishiga bog’liq. 
Nazorat savollari:
1. Oilaning qanday tarixiy turlarini bilasiz? 
2. Guruhli nikohdan juft nikohga o’tish jarayonining o’ziga xosligi nimalarda 
ko’rinadi? 
3. Nikoh holatiga ko’ra oilaning qanday turlari mavjud? 
4. Bolalar soniga ko’ra oila turlari o’zida qanday jihatlarni aks ettiradi? 
5. Shaxslararo munosabatlarning xarakteriga ko’ra oila qanday turlarga 
ajratiladi? 
6. M.A.Galaguzovaning oilalarni turlarga ajratish borasidagi taklifi qanday 
g’oyaga asoslanadi?
6. Ijtimoiy-pedagogik nuqtai nazardan oilalarni qanday turlarga ajratish 
mumkin? 
 
Mavzuga oid adabiyotlar: 
1. Karimov I.A. O’zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – 
Toshkent: O’zbekiston, 1996. 
2. Musurmonova O. Oila ma’naviyati – milliy g’urur G’ O’quv qo’ll. – 
Toshkent: O’qituvchi, 1999.
3. Oila pedagogikasi G’ Hasanboeva O. va b. – Toshkent: Aloqashi, 2007.


70 
4. Podlaso’y I.P. Pedagogika. – Moskva: Vlados, 2003.
5. Safarov O. Oila ma’naviyati. – Toshkent: Ma’naviyat, 2009. 
6. Xo’janiyozov T. Oila tarixi va xuquq. – Toshkent: Adolat, 2006.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin