4. Asotsial oilalar. Bu turdagi oilalarning ijtimoiy holati ularni tubdan isloh
qilishni talab etadi. Mazkur oilalarda ota-onalar amoral, g’ayriqonuniy hayot
kechirishadi. Ularning yashash sharoitlari eng oddiy sanitariya-gigienik talablarga
ham javob bermaydi. Tabiiy ravishda bolalarning tarbiyasi bilan hech kim
shug’ullanmaydi. Shu sababli bolalar nazoratsiz qolishgan. Ular doimiy ravishda
yarim och holda yurishgani uchun jismoniy rivojlanishda ortda qolishgan. Ijtimoiy
pedagog ushbu oilalar bilan ish olib borganda huquqni muhofaza qilish, vasiylik va
homiylik organlari bilan yaqindan aloqa o’rnatishi zarur.
Oilalar turining xilma-xilligi ularning u yoki bu jihatni asos qilib olganligini
tasdiqlaydi. Bu esa turli oilalarda farzandlar tarbiyasini tashkil etish jarayonining
murakkabligidan dalolat beradi.
Har bir oilaning hayoti ko’p jihatli, ya’ni, ijtimoiy-biologik, xo’jalik-iqtisodiy,
axloqiy va psixologik munosabatlarga asoslanishi bilan tavsiflanadi. Shunga ko’ra
oilaning rivoji muayyan bosqichda ma’lum vazifaning bajarilishi, yangi vazifaning
o’rtaga qo’yilishi, shuningdek, oila a’zolari ijtimoiy faoliyati ko’lamining
kengayishi, faollik darajasining ortib borishiga bog’liq.
Nazorat savollari: 1. Oilaning qanday tarixiy turlarini bilasiz?
2. Guruhli nikohdan juft nikohga o’tish jarayonining o’ziga xosligi nimalarda
ko’rinadi?
3. Nikoh holatiga ko’ra oilaning qanday turlari mavjud?
4. Bolalar soniga ko’ra oila turlari o’zida qanday jihatlarni aks ettiradi?
5. Shaxslararo munosabatlarning xarakteriga ko’ra oila qanday turlarga
ajratiladi?
6. M.A.Galaguzovaning oilalarni turlarga ajratish borasidagi taklifi qanday
g’oyaga asoslanadi?
6. Ijtimoiy-pedagogik nuqtai nazardan oilalarni qanday turlarga ajratish
mumkin?
Mavzuga oid adabiyotlar: 1. Karimov I.A. O’zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. –
Toshkent: O’zbekiston, 1996.
2. Musurmonova O. Oila ma’naviyati – milliy g’urur G’ O’quv qo’ll. –
Toshkent: O’qituvchi, 1999.
3. Oila pedagogikasi G’ Hasanboeva O. va b. – Toshkent: Aloqashi, 2007.
70
4. Podlaso’y I.P. Pedagogika. – Moskva: Vlados, 2003.
5. Safarov O. Oila ma’naviyati. – Toshkent: Ma’naviyat, 2009.
6. Xo’janiyozov T. Oila tarixi va xuquq. – Toshkent: Adolat, 2006.