Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

 
 
OILANING VAZIFALARI 
 
1. Oilaning iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy va kommunikativ vazifalari. 
2. Oilaning rekreativ, felitsitologik, regulyativ va relaksatsiya vazifalari. 
3. Oilaviy munosabatlarning oila vazifalarini bajarishdagi ahamiyati. 
Tayanch tushunchalar: 
oilaning vazifalari, oilaning iqtisodiy vazifasi, 
oilaning reproduktiv vazifasi, oilaning tarbiyaviy vazifasi, oilaning kommunikativ 
vazifasi, oilaning rekreativ vazifasi, oilaning felitsitologik vazifasi, oilaning regulyativ 
vazifasi, oilaning relaksatsiya vazifasi. 
Oilaning iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy va kommunikativ vazifalari.
Har qanday zamon va makonda ham oilaning zimmasiga shaxs kamolotini 
ta’minlash borasida muayyan vazifalar yuklatiladi. Oila zimmasiga muayyan 
vazifalarning yuklatilishida jamiyat taraqqiyoti, u tomonidan shaxs kamolotiga 
qo’yiladigan talablar, aholining ijtimoiy turmush tarzi, shaxslararo munosabatlar 
mazmuni, davlat siyosati hamda milliy rivojlanish maqsadlari inobatga olinadi.
Zamonaviy sharoitda oilalarning hayoti va faoliyati quyidagi vazifalarni ijobiy 
hal qilishga yo’naltiriladi: 
- iqtisodiy; 
- reproduktiv; 
- tarbiyaviy; 
- rekreativ; 
- kommunikativ; 
- regulyativ; 
- feliotsitologik; 
- relaksatsiya
57
.
Quyida zamonaviy oilalar tomonidan shaxs kamolotini ta’minlash borasida hal 
qilinadigan vazifalarning mohiyati yuzasidan batafsil so’z yuritiladi. 
1. Oilaning iqtisodiy vazifasi.
Barcha davrlarda ham oilaning iqtisodiy vazifalarni 
ijobiy hal qilish imkoniyatiga ega bo’lishiga alohida e’tibor qaratib kelingan. Zero, oila 
iqtisodiyoti va uning ma’naviy-axloqiy qiyofasi uning mavjudligini ta’minlovchi muhim 
omillar sanaladi. Bozor munosabatlari sharoitida esa oilaning iqtisodiy vazifasini 
muvaffaqiyatli ado etish layoqatiga ega bo’lishi yanada muhim ahamiyatga ega.
57
Oila psixologiyasi / Akad.litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun o’quv qo’llanma. G.B.Shoumarov va 
b. G.B.Shoumarovning tahriri ostida. – Toshkent: “Sharq”, 2008. – 48-62-betlar.


72 
Iqtisodiy vazifalari sirasida oila iqtisodiyoti va byudjetini shakllantirish, oila 
daromadini rejali sarflash, oilaning kundalik xarajatlarini amalga oshirish, oilaviy 
ehtiyojlar uchun mablag’ yig’ish, oila xo’jaligini yuritish, moddiy ne’matlar ishlab 
chiqish kabilar alohida o’rin tutadi. 
Har qanday oila o’zining iqtisodiyoti va byudjetiga ega bo’lishi zarur. O’z 
iqtisodiyoti va byudjetini shakllantirishda oilaning asosiy hamda qo’shimcha 
daromad manbalariga egaligi muhim ahamiyatga ega. Oila a’zolarining asosiy 
daromadi ularning doimiy ish joyidan oladigan oylik maoshlari, izchil olib 
turiladigan nafaqalar (keksalik yoki bolalik nafaqalari) yoki talaba bo’lgan oila 
a’zolarining stipendiyalari kabi manbalar negizida shakllanadi. Oila byudjetini 
shakllantirishga hissa bo’lib qo’shiladigan qo’shimcha daromad manbalari esa – 
tomorqa, issiqxona yoki yordamchi xo’jalik (chorva mollari, parrandalar)dan 
olinadigan meva, sabzovot hamda sut mahsulotlari, oilaviy tadbirkorlik 
(hunarmandchilik, maishiy xizmat ko’rsatish)ni tashkil etish hisobiga topiladigan
pul mablag’lari, “suyunchi puli”, turli mukofot pullari, oila a’zolarining asosiy 
bo’lmagan ish joyidan oladigan maoshlari sanaladi.
Oila iqtisodiyotini shakllantirishda ota-onalarning iqtisodiy bilimlarga egaliklari, 
inson mehnatining mahsuli bo’lgan pul mablag’lariga nisbatan ham o’zlarida, ham 
farzandlarda ijobiy munosabatni shakllantira olishlari muhim ahamiyatga ega. 
Sobiq Ittifoq davrida jamiyat hayotining “ijtimoiy tenglik” tamoyiliga 
asoslanganligi bois boylik, boy bo’lishga nisbatan salbiy munosabat shakllangan 
edi. Hatto shaxsiy mulkka ega bo’lish davlat nazoratiga olingan, ma’lum darajada 
o’ziga to’q, boy bo’lgan shaxslar, ularning xatti-harakatlari qoralanar edi.
Bozor munosabatlari sharoitida esa, aksincha, oila a’zolari – ota-onalar, 
farzandlarning ishbilarmonligi, tadbirkorligi, yaratuvchanligi hamda ushbu 
sifatlarga egalik asosida qo’shimcha moddiy daromad manbalarini yaratishlari 
qo’llab-quvvatlanadi. Binobarin, qo’shimcha daromad oilaning farovonligini 
ta’minlaydi, farzandlarning har tomonlama sog’lom, baquvvat bo’lib o’sishlari, 
chuqur bilim olishlari uchun zarur, qulay shart-sharoit yaratib berilishini 
ta’minlaydi. Ota-onalar o’z tadbirkorliklari evaziga farzandlarining shaxsiy 
qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga muvaffaq bo’ladilar. Iqtisodiy bilim, 
tadbirkorlik, ishbilarmonlik, tejamkorlik sifatlariga ega ota-ona oila muhitida 
farzandlarning bozor munosabatlariga to’laqonli moslasha olishlariga erishadi.
Oila iqtisodiyotini yaratishda ota-ona va farzandlarning birgalikda uy 
xo’jaligini yuritishlari, tomorqa va yordamchi xo’jalik mahsulotlarini 
etishtirishlari, hunarmandchilik buyumlarini tayyorlashlari ko’p tomonlama 
ahamiyatga ega. Birinchidan, oila a’zolarining birgalikda mehnat qilishlari 
hamjihatlilik, birlikni qaror toptiradi, ikkinchidan, farzandlarda mehnatga ijobiy 
munosabat 
shakllantiriladi, 
ularda 
mehnatsevarlik 
xislati 
tarbiyalanadi, 
uchinchidan, bolalar o’zlari mehnat qilar ekanlar, o’zgalarning mehnatini 
qadrlashga o’rganadilar, to’rtinchidan, oila sharoitida tayyorlangan, etishtirlgan 
mahsulotlarni sotish jarayonida bolalarning iqtisodiy tushunchalari kengayadi, 
savdo ko’nikma, malakalarini o’zlashtiradi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin