80
Ushbu munosabatlar
farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlab, ota-
onalarda o’ziga xos faollikni yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning bevosita
ta’siri tufayli ularning qiziqish hamda
faoliyatlari doirasi kengayadi, o’zaro
aloqalari mazmunan boyib boradi, real hayot mohiyatini chuqurroq anglash, ya’ni,
farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida o’z umri davomiyligini kurish holati ro’y
beradi.
Shaxsning ma’naviy sifatlarga ega bo’lishi, unda ma’naviy
bilimlarni
egallashga nisbatan ehtiyoj va qiziqishning paydo bo’lishida oila tarbiyasi asosiy
rolni bajaradi. Oilada qaror topgan sog’lom ma’naviy-ruhiy
muhit farzandlarning
etuk, barkamol bo’lib voyaga etishlari uchun beqiyos ahamiyatga egadir.
Sharqda azal-azaldan oila tarbiyasiga yuksak baho berib kelingan. Sobiq Ittifoq
davrida esa oilaning shaxs tarbiyasidagi beqiyos o’rni va roli inkor etilgan edi.
Shaxs ijtimoiy muhit vositasida tarbiyalanar edi.
Oilada bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalovchi
maskan
sanaladi.
Shunday
ekan,
uning
muhitida
tashkil
etiladigan
munosabatlarning oila zimmasidagi vazifalarni to’la-to’kis ado etilishiga e’tibor
qaratish muhimdir. Oila zimmasidagi vazifalarning
samarali bajarilishi, oilaviy
munosabatlarning to’g’ri tashkil etilishida ota-onalar
tomonidan tanlangan
munosabat uslubi muhim ahamiyatga ega.
Zamonaviy sharoitda oilalarda ota-ona va farzandlar o’rtasidagi munosabatni
o’rganish natijasida barcha oilalar uchun quyidagi to’rtta uslub xos ekanligini ko’rish
mumkin:
1)
avtoritar uslub;
2)
anomal uslub;
3)
liberal uslub;
4)
demokratik uslub.
Quyida barcha oilalar uchun xos bo’lgan to’rtta uslub mohiyati yuzasidan so’z
yuritiladi.
1.
Oilaviy munosabatlarning
Dostları ilə paylaş: