Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

demokratik uslubga
asoslanishi. Ota-onaning 
farzandlarga nisbatan demokratik munosabati uning oilada har tomonlama 
shakllanishi, kamol topishi uchun zarur bo’lgan sharoitni yuzaga keltiradi. 
Demokratik uslubga asoslangan oilaviy munosabatlar, ularni tartibga soluvchi 
qoidalar farzandlar hayoti va faoliyatini tartibga soluvchi mexanizm hisoblanadi. 
Bolalar oilada u yoki bu masalalarni bevosita o’zlari to’g’ridan-to’g’ri hal qiladilar. 
Oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi demokratik g’oyalar asosida 
farzandlarning qiziqish, intilish, xohish-istaklari va manfaatlarini o’zaro 
muvofiqlashtirish, ularni murosaga keltirish va kelishtirish siyosati yotadi. Ota-
onaning farzandiga bo’lgan demokratik yondashuvi oila a’zolarni birlashtiradi, oila 
mustahkamligini ta’minlaydi. Anglanganidek, ota-onaning farzandga nisbatan 
demokratik yondashuvi oila muhitida ijtimoiy muammolarni hal etishga yodram 
beradi. 
Har bir oilada ijtimoiy munosabatlar o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. 
Oilaviy munosabatlarning o’ziga xosligi uning a’zolari ma’naviyati, hayotiy 
intilishlari, maqsadlarida aks etadi. Shuningdek, oila a’zolarining o’zaro ta’siri ota-
ona va farzandlar munosabati mazmunini belgilab beradi. 
Oilaviy munosabatlar mazmunini belgilovchi muhim mezon oila hayotini 
tartibga soluvchi ijtimoiy-axloqiy me’yorlar hamda oila a’zolarining axloqidir. Shu 
sababli ajdodlar oilaviy munosabatlarning ijobiy xarakter kasb etishiga katta 
e’tibor qaratib kelganlar. Binobarin, jamiyatning rivoji bevosita oilalarning 
barqarorligi, 
mustahkamligi 
hamda 
ijtimoiy-axloqiy 
munosabatlarning 
sog’lomligiga bog’liqdir. 
Nazorat savollari:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning oilaga bergan 
ta’rifini izohlang? 
2. Zamonaviy oila qanday vazifalarni hal eta olishi lozim? 
3. Oilaning iqtisodiy vazifasi nimalardan iborat? 
4. Oila reproduktiv vazifasi nima? 
5. Oilaning rekreativ vazifasi nimalardan iborat?
6. Oilaning kommunikativ vazifasi nima? 


82 
7. Oilaning regulyativ vazifasi sirasiga nimalar kiradi? 
8. Oilaning feliotsitologik vazifasi nimalardan iborat? 
9. Oilaning relaksatsiya vazifasi deganda nimani tushunasiz? 
10. Hozirgi zamon oilasining qanday funktsiyalari mavjud?
11. Oilaviy munosabatlar qanday muhim uslublarga asoslanadi? 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin