Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Zamonaviy oilalar uchun xos muloqot uslublari mohiyatini aks ettiruvchi  jadvalni yarating



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

 
Zamonaviy oilalar uchun xos muloqot uslublari mohiyatini aks ettiruvchi 
jadvalni yarating.
 
TG’R Muloqot uslublari 
Ularning mohiyati
1. 
Avtoritar uslub 
2. 
Anomal uslub 
3. 
Liberal uslub 
4. 
Demokratik uslub 
 
 
ZAMONAVIY OILALARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYaTLARI 
 
1. Zamonaviy oilaning ijtimoiy xususiyatlari.
2. Zamonaviy oilalarning psixologik va pedagogik xususiyatlari.
Tayanch
tushunchalar:
zamonaviy oila, xususiyat, ijtimoiy xususiyat, 
zamonaviy oilalarga xos ijtimoiy xususiyatlar, zamonaviy oilalarning psixologik
xususiyatlari, zamonaviy oilalarning pedagogik xususiyatlari.
 
Zamonaviy oilalarning ijtimoiy xususiyatlari. 
Hozirgi vaqtda
zamonaviy 
oilalar o’ziga xos xarakter va rivojlanish an’anasiga ega. Ularni anglab etish, 
shuningdek, bunday o’ziga xoslikning ota-onalar tomonidan o’z faoliyatlarida 
hisobga olinishi oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini oshirishga yordam beradi. 
Zamonaviy oilalar rivojining o’ziga xosliklaridan biri – bu 
shahar va qishloq 
oilalarining ijtimoiy hayot tarzidagi farq
da namoyon bo’ladi. Masalan: 
qishloqlarda har bir bola o’zining boshqalar tomonidan qattiq nazorat ostida 
ekanligini his etadi. Bu, bir tomondan, hodisa ijobiy bo’lsa, boshqa tomondan, 
bunday ijtimoiy nazorat tor manfaatparastlikni keltirib chiqaradi. Shahar hududi 
katta bo’lganligi sababli bu kabi amaliy nazorat bo’lmaydi. Ko’pgina hollarda 
garchi ko’p qavatli bir uyda, hatto bir pod’ezdda istiqomat qilsalarda qo’shnilar 
bir-birlarining farzandlarini tanimasliklari mumkin.
Ota-ona 
qanchalik yuqori ma’lumotga ega bo’lsalar
 
ularning bolalari ta’lim 
muassasasida shunchalik muvafaqqiyatli o’qishadi. Zamonaviy ota-onalar ma’lum 
kasb yoki hunar egalari bo’lib, bolalarning tarbiyasini butunlay bobo va buvilarga 
topshirib qo’yishgan. Ko’p holatlarda katta avlod vakillari hamda yosh ota-onalar 
tomonidan bolalar tarbiyasini tashkil etishda qo’llaniladigan metodlarning bir-biriga 
mos kelmasligi bu jarayonda turli ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin