8. Oilaning relaksatsiya vazifasi. Ishlab chiqarish jarayonining tezlashuvi, ijtimoiy
va iqtisodiy munosabatlardagi kuchli raqobat zamonaviy sharoitda shaxslarda turli
darajadagi zo’riqishlarni yuzaga keltirmoqda. Bu esa o’z-o’zidan oilaning relaksatsiya
imkoniyatiga ega bo’lishi zarurligini taqozo etadi. Oilaning relaksatsiya vazifasi oila
a’zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini yo’lga qo’yish, ruhiy-jismoniy quvvat va
mehnat qobiliyatlarini qayta tiklash
65
dan iboratdir. Oila har bir shaxsning
emotsional jihatdan to’laqonli shakllanishi mumkin bo’lgan eng qulay maskan
sanaladi. Oila a’zolarining bir-birlariga bo’lgan ijobiy munosabatlari, o’zaro bir-
birlarini qo’llay olishlari ularda ruhiy xotirjamlik, hissiy barqarorlikni yuzaga
keltirsa, ota-onaning farzandlar salomatligi to’g’risida qayg’urishlari, mehnat
vositasida chiniqtirib borishlari ularning jismoniy baquvvat bo’lishlari uchun zarur
sharoitni yaratadi. Qolaversa, ma’lum muammolarga duch kelgan farzandlarga
so’z vositasida dalda berish, oila a’zolarining birgalikdagi dam olishlari jarayonida
ota-onaning suv hamda musaffo havo yordamida chiniqishlari uchun sharoit
yaratish ularni kuchli ruhiy zo’riqishdan xalos etadi.
Mehnat qobiliyatini yo’qotgan oila a’zosi to’g’risida ota-ona va yaqinlarining
qayg’urishlari, unga dalda bera olishlari, moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llab-
quvvatlashlari ham uning salomatligini, jismoniy-ruhiy quvvatini qayta tiklash,
mehnat jarayoniga qaytarish uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Bu esa o’z
navbatida oilaning reklaksatsiya vazifasi to’la-to’kis bajarilishini tasdiqlaydi.
Oilaviy munosabatlarning oila vazifalarining bajarilishidagi ahamiyati. Oila hamda jamiyat o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik
xususiyatiga ega. Har bir oila jamiyat talablariga muvofiq faoliyat yuritadi.
Jamiyatning rivoji esa, yuqorida aytib o’tilganidek, oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy
va ma’naviy taraqqiyotiga bevosita bog’liqdir. Chunonchi, ijtimoiy borliqning
oilalar zimmasiga qo’yadigan talablari ularning manfaatlariga zid bo’lmasa,
aksincha, oilalar farovonligi, tinchligini ta’minlashga yordam bersa, oilalar
tomonidan ushbu talablarning qo’llab-quvvatlanishi, ularning amaldagi ijrosini
ta’minlash ko’rsatkichi shuncha yuqori bo’ladi.
Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni
ko’rsatdiki, oila bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo’lib, bu muhitda shaxs
kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, xarakter va dunyoqarash
shakllanadi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko’radi,
jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida, oilaviy
munosabatlarni tashkil etish jarayonida anglaydi.