Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

4. Oilaning kommunikativ vazifasi.
Odatda oila hayoti uning a’zolari o’rtasida 
tashkil etiladigan muloqotga asoslanadi. Zamonaviy sharoitda oila a’zolari o’rtasida 
faol muloqotda bo’lish tanazzulga uchramoqda. Buning asosiy sabablari ommaviy 
axborot vositalari sonining ortib borishi, ulardan axborot tarqatish ko’lamining tobora 
kengayishidir. Aynan shu hodisalar tufayli har bir shaxs oila davrasida uyushtiriladigan 
muloqotdan ko’ra ko’proq ommaviy axborot vositalari bilan munosabatda bo’lishni 
ma’qul ko’rmoqda. Bu esa bir qator salbiy oqibatlarning kelib chiqishiga sabab 
bo’lyapti: shaxs tobora individuallashib bormoqda, ommaning manfaatidan ko’ra o’z 
qiziqish va intilishlarini ustun qo’ymoqda, o’zgalarning holatiga nisbatan befarqlik 
kuchaymoqda. Oila davrasida suhbatlar odatda bolalarda kattalar – ota-ona, buva-buvi 
va oilaning boshqa yoshi katta a’zolari namunasida atrof-muhitga, atrofdagilarga 
nisbatan ijobiy yoki salbiy bo’lishidan qat’iy nazar munosabatni shakllantiradi. Shu 
sababli farzandlar ishtirokida tashkil etiladigan suhbatlar doimo yoqimli, insonga 
ko’tarinki ruh bag’ishlaydigan, bolalarni harakatga, o’qib-o’rganishga undaydigan, 
ularda o’ziga nisbatan ishonch, atrofdagilarga nisbatan hurmatni uyg’otadigan 
g’oyalarga asoslanishiga e’tibor qaratish lozim. Suhbatlar mavzusining burch, mardlik, 
olijanoblik, saxiylik, kamtarlik, atrofdagilarga nisbatan muhabbat, bunyodkorlik, 
yutuqlar (qaysi sohada bo’lishidan qat’iy nazar), biror bir kishining ibratli xatti-
harakatlari xususida bo’lishi bolalarda yashashga (yashaganda ham mazmunli, unumli 
64
Педагогика назарияси / Олий таълим муассасалари учун дарслик. Муаллифлар: М.Х.Тохтаходжаева ва б. 
Проф. М.Х.Тохтаходжаеванинг умум.таҳр.остида. – Тошкент: “Moliya-iqtisod”, 2010. – 302-бет.


77 
hayot kechirishga) bo’lgan ishtiyoqni oshiradi, ertangi kunga bo’lgan ishonchni 
mustahkamlaydi, ularni ijtimoiy faol bo’lishga rag’batlantiradi. Oila davrasidagi 
suhbatlarda kimningdir salbiy xatti-harakati yuzasidan fikr bildirish mumkin. Ammo bu 
boradagi fikrning bolalarga ibrat uchun aytish, bu kabi hodisalardan xulosa chiqarib 
olish zarurligini uqtirib o’tish maqsadga muvofiqdir. Biroq, hech qachon inson shaxsini 
baholashga urinmaslik, ayniqsa, “uning o’zi yaramas odam”, “u hech qachon odam 
bo’lmaydi”, “uning ota-onasi (aka-ukasi, opa-singlisi va b.) ham yaxshi odamlar emas” 
kabi asosli bo’lmagan hukmlarni chiqarishga urinmaslik lozim. Ota-onalar yoki 
kattalarning shu taxlitda yo’l tutishlari bolalarda atrofdagilarga nisbatan 
ishonchsizlikning qaror topishiga sabab bo’ladi. Oxir-oqibat bolalar hamisha 
kimlarnidir o’zlari bilib-bilmagan holda ayblashni, boshqalarni g’iybat qilishni 
o’rganishadi. Bolalarni yoshlikdan boshqalar, ayniqsa, kattalarni muhokama 
qilmaslikka, aksincha, ko’proq o’z xatti-harakatlarini tahlil qilishga, xatolari ustida fikr 
yuritishga, ularni to’g’rilash yuzasidan qarorlar qabl qilishga, o’zgalarning
mummolariga befarq bo’lmalikka o’rgatib borish maqsadga muvofiqdir. Shundagina 
bolalarda ijtimoiy sub’ektlar bilan to’g’ri, samimiy muloqotni tashkil etish ko’nikmalari 
shakllanadi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin