Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi


Oilaning rekreativ, felitsitologik, regulyativ va relaksatsiya vazifalari



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Oilaning rekreativ, felitsitologik, regulyativ va relaksatsiya vazifalari.
Yuqorida 
aytib o’tilganidek, rekreativ, felitsitologik, regulyativ va relaksatsiyaga asoslangan 
munosabatlarni ijobiy, samarali tashkil etilishiga erishish ham oila zimmasiga 
yuklatiladigan vazifalar sirasida muhim ahamiyat kasb etadi.
5. Oilaning rekreativ vazifasi.
Ijtimoiy jihatdan oila a’zolarining bir-birlariga 
nisbatan rekreativ (o’zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam 
ko’rsatishga asoslangan) munosabat ko’rsatishi sifatida asrlar davomida ushbu 
kichik birlashmaning qadriyat sifatida shakllanishini ta’minlagan. Oila tomonidan 
rekreativ vazifaning ijobiy hal qilinishi quyidagilarga erishish imkonini beradi:
- oila a’zolarining salomatligini mustahkamlash; 
- birgalikda mehnat qilish va dam olishni tashkil etish; 
- oila a’zolarining o’zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy, psixologik va tibbiy 
yordam ko’rsatish ko’nikma-malakalariga ega bo’lishlarini ta’minlash; 
- oilaviy tadbirlarni tashkil etishda o’zaro birdamlik, hamjihatlikka erishish; 
- oila a’zolaridan biri duch kelgan muammoni oilaning barcha a’zolari 
tomonidan o’zaro maslahatlashgan holda, yakdillik bilan hal qilish; 
- muammo yoki qandaydir qiyinchilikka duch kelgan oila a’zosini yolg’izlatib 
qo’ymaslik, uni moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llab-quvvatlash. 
6. Oilaning feliotsitologik vazifasi.
Azaldan oila baxt qo’rg’oni sanaladi. 
Chunki inson aynan oiladagina o’zini chinakamiga xavfsiz, baxtli his qiladi. 
Agarda oilada sog’lom psixologik muhit shakllangan bo’lsa, shubhasiz, uning 
a’zolari o’zaro hamjihatlilikda baxtli (feliotsitologik) hayot kechirishadi. Ammo 
ba’zi oilalarda turli sabablarga ko’ra nosog’lom muhit yuzaga keladi. Oiladagi 
nosog’lom muhim a’zolarning baxtli emasliklaridan dalolatdir. Sog’lom psixologik 
muhit mavjud bo’lgan oilalarda har bir a’zosi yaqinlarining baxtli bo’lishlariga o’z 
hissasini qo’shishga harakat qiladi. Ular o’zaro bir-birlarini hurmat qilishadi, 
mehr-muhabbat ko’rsatishadi, har qanday vaziyatda ham yordamga tayyor 


78 
ekanliklarini amalda namoyish etishadi. Oilada har bir a’zoning qiziqishlari
xohish-istaklarini inobatga olish, shaxs sifatidagi huquqlariga hurmat bilan 
munosabat bildirishlari ularda shaxsan baxtga erishish imkoniyatini oshiradi. Ota-
onalar va oiladagi boshqa yoshi kattalar farzandlarga hukmron sifatida munosabat 
bildirmasdan, aksincha, ularga hamdard bo’la olishlari lozim.
Har bir shaxs o’z oilasida baxtli bo’lishga haqli. Shu sababli oila o’z 
a’zolarining baxtli bo’lishi uchun sharoit yaratib bera olishi zarur.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin