75
zarurligini
inobatga olish, istalmagan homiladorlikning oldini olish chora-tadbirlarini
ko’rish; vositalari (jumladan, kontratseptsiya vositalari) va metodlaridan xabardor
bo’lish, reproduktiv salomatlikka erishishni kafolatlovchi omillar (organizmda
bepushtlik kelib chiqish sabablarini bartaraf etish maqsadida jinsiy gigiena
qoidalariga rioya qilish, o’z vaqtida davolanish yoki qo’shimcha
reproduktiv
texnologiyalardan foydalanish malakalarini o’zlashtirish), vositalar, metodlar
hamda xizmatlar to’g’risidagi axborotlardan foydalanish qobiliyatiga egalik);
-
ijtimoiy
(oilani ongli rejalashtirish) jihatdan tayyorlash zarur.
Oila faoliyati reproduktiv nuqtai nazardan
sog’lom farzand ko’rish, uni har
tomonlama sog’lom qilib voyaga etkazish
, fiziologik, jinsiy va jismoniy jihatdan
qizlarni onalik, yigitlarni esa otalikka to’laqonli tayyorlash
dek vazifalarni hal
qilishga yo’naltiriladi.
Daniyalik olimlar tomonidan o’tkazilgan tadqiqot natijalarining ko’rsatishicha,
“Koka-kola” ichimligini muntazam iste’mol qilish voyaga etgan yigitlarning
farzand ko’rish imkoniyatlarini sezilarli darajada pasaytiradi. 2,5 ming nafar
yoshlar ishtirokida o’tkazilgan tadqiqot jarayonida ushbu ichimlikni kuniga 1 litr hajmida
muntazam iste’mol qiluvchilarda uni deyarli iste’mol
qilmaydiganlardan farqli
ravishda farzand ko’rishda muhim element sanaladigan sperma (jinsiy suyuqlik)da
spermatozoid (jinsiy hujayra)lar sonining 30 foizga kam bo’lishi aniqlangan. Bu holat
bepushtlikka olib keladi. Bir millilitr spermada “Koka-kola” iste’mol qilmaydigan
shaxslarda o’rtacha 50 million, yoshlarning sevimli “chanqoq bosdisi” boshqa turdagi
ichimliklar bilan iste’mol qilinganda esa jami 35 million spermatozoid mavjud
bo’lishi ilmiy nuqtai nazardan tasdiqlangan.
Jahon miqyosida keng tarqalgan
ushbu ommaviy ichimlik, ayollarning ham
farzand ko’rish qobiliyatlarini pasaytiradi. Agarda, ayollar farzand ko’rish oldidan
hafta davomida qand miqdori yuqori bo’lgan mazkur ichimlikdan 5 yoki undan ortiq
hissa (portsiya) iste’mol qilsalar, u holda homiladorlik vaqtida diabetga chalinish xavfi
22 foizga ortadi. Bunday xavf tarkibida qand miqdori yuqori bo’lgan yoki sun’iy
moddalar qo’shilgan boshqa “chanqov bosdi” ichimliklar iste’mol qilganda u qadar
yuqori bo’lmaydi
63
.
Dostları ilə paylaş: