Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi oila pedagogikasi



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/136
tarix20.11.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#164564
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   136
H.ABDUKRIMOVA, YA.NURUMBEKOVA OILA PEDAGOGIKASI

Oila bilan ta’lim muassasalari o’rtasidagi hamkorlikning uzluksiz bo’lishiga 
erishila olmayotganligi
. Ayni vaqtda O’zbekistonda ta’lim muassasasi, mahalla va oila 
o’rtasida mustahkam hamkorlikni qaror toptirilishini ta’minloashga jiddiy e’tibor 
qaratilmoqda. Ta’lim muassasasi, mahalla va oila hamkorligi Kontseptsiyasi ushbu 
e’tiborning yorqin misoli sanaladi. Kontseptsiya g’oyalari ta’lim muassasasi, 
mahalla va oila o’rtasidagi hamkorlik asosida yoshlar tarbiyasini samarali tashkil 
etilishini ifodalaydi. Mazkur g’oyalar qanchalik ezgu bo’lmasin, biroq, ularga amal 
qilishda ta’lim muassasalari va oilalarning tashabbuskorligi etarlicha bo’lmayapti. 
Bu esa o’z-o’zidan oilalarda tashkil etilayotgan bolalar tarbiyasining kutilgan 
darajada qoniqarli bo’lmasligiga olib kelmoqda.
Ta’lim muassasasi, mahalla va oila hamkorligi Kontseptsiyasi g’oyasiga ko’ra 
ijtimoiy pedagoglar oilaviy masalalarni hal qilish, oila hayotiga doir turli 
muammolarni bartaraf etishda ota-onalarga amaliy yordam ko’rsata olishlari zarur. 
Ijtimoiy pedagog tomonidan o’z faoliyatining rejali amalga oshirilishi kutilgan 
natijalarni kafolatlaydi. Hayotiy tajribalar 
ijtimoiy pedagog faoliyatining quyidagi 
reja asosida tashkil etilishi
maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatmoqda: 
- oiladagi munosabatlarni insoniylashtirish (bugungi kunda ota-onaning 
farzandlarga nisbatan avtoritar munosabati, ularning oldiga qo’yayotgan talablari 
o’zini oqlamaydi; aksincha, samimiylik, yaxshilik, ko’rsatiladigan aniq amaliy 
yordam, ota-onaning oila muammolariga qiziqishlari, ota va onaning o’zaro 
hamjihat, hamfikr ekanliklari, oila hayotiga oid turli masalalarni birgalikda, o’zaro 
maslahatlashgan holda hal qilish farzandlar kelajagining porloq bo’lishini 
ta’minlaydi); 
- mahalla va oila imkoniyatlarini birlashtirgan holda turli oilalarga tegishli 
muammolarni samarali hal qilish;
- oila masalalari bilan shug’ullanuvchi turli ilmiy markazlar, nodavlat 
tashkilotlar, gumanitar yordam jamg’armalar faoliyatlarini o’zaro uyg’unlashtirish, 
hamkorlikda oila sharoitida bolalarni samarali tarbiyalashga doir maxsus 
dasturlarni ishlab chiqish.
Har qanday jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishi shaxslararo 
munosabatlar ko’lami va mazmuniga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. O’zbekiston 


88 
Respublikasida bozor iqtisodiyoti munosabatlarining qaror topishi shaxslararo 
munosabatlar doirasining yanada kengayishi va bir qadar murakkablashuviga olib 
keldi.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyotida axborotlar, ularning almashinishi va tezligi 
ustuvor ahamiyatga ega. Axborotlar almashinuvi turli madaniyatlar, shuningdek, 
G’arb va Sharq axloqiy qarashlarining o’zaro uyg’unlashishini ta’minlaydi. Bu 
ijobiy hol bo’lib, jamiyatning, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi va yanada 
takomillashuviga xizmat qiladi. Biroq, so’nggi yillarda G’arb va Sharq madaniyati 
hamda axloqiy qarashlarining o’zaro uyg’unligi ilg’or xususiyat kasb etishi bilan 
birga milliy qadriyatlarning muayyan darajada inkor etilishiga sabab bo’lmoqda. 
Boshqada aytganda, “G’arbdan namuna olish” an’anasi yuzaga kelmoqda. Shu 
sababli millatning milliyligini ifodalovchi milliy madaniyatni saqlab qolish, milliy 
axloqiy qarashlarning avloddan avlodga meros bo’lib o’tishini ta’minlash oilaning 
o’ziga xos o’rni mavjudligi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Oila shaxsni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda etakchi tarbiya maskani 
hisoblanadi. Zero, katta yoshli oila a’zolarining milliy axloqiy qarashlari va 
yondashuvlari misolida farzand atrofdagilar bilan munosabatda milliy axloq 
mezonlari (ota-ona yoki keksalarni qadrlash, kattaga hurmat, kichikka izzat, tongda 
turib, ezgu niyatlar qilish, shaxsiy manfaat va qiziqishlarining oila sha’ni va 
obro’siga ziyon etkazmasligi, mehmondo’stlik, qarindoshlik rishtalarini 
mustahkamlash, qo’ni-qo’shnilar bilan yaxshi munosabatda bo’lish, o’zgalardan 
yordamni ayamaslik, imkoniyati cheklangan shaxslarga nisbatan rahm-shafqat va 
muruvvat ko’rsatish va b.q.)ga rioya qilish ko’nikmalarini o’zlashtirib boradilar. 
“Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni 
ko’rsatdiki, oila bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo’lib, bu muhitda shaxs 
kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, xarakter va dunyoqarash 
shakllanadi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko’radi, 
jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida, oilaviy 
munosabatlarni tashkil etish jarayonida anglaydi”
66

Oila ijtimoiy maqomining yuqori bo’lishi, oilaviy munosabatlarning milliy 
xususiyat kasb etishida uning demografik holati muhim ahamiyatga ega. Ya’ni: 
1) ko’p bolali o’zbek oilalarida patriarxal tartibning saqlanib qolayotganligi 
oilaviy munosabatlarning barqarorligini ta’minlaydi hamda oila tarbiyasi 
samaradorligini ta’minlovchi omil va ko’nikmalarning avloddan-avlodga o’tishini 
ta’minlaydi. Bunday oilalarda jamoaviylik katta kuch bo’lib, yuzaga keluvchi har 
bir muammo birgalikda hal qilinadi; 
2) kam bolali o’zbek oilalarida individuallik, “men”lik ustuvor o’rin tutadi. Ota-
ona yoki katta yoshdagi oila a’zolari bola (bir nafar) yoki bolalar (ikki nafar)ning 
xohish-istaklarini doimiy ravishda inobatga oladilar. Ularning shaxsiy manfaatlari 
oilaning umumiy manfaatlaridan ustun turadi, iste’molchilik kayfiyati yuqori.
Zamonaviy oilalarga xos bo’lgan xususiyatlardan yana biri – bu huquqiy 
mazmundagi oilaviy munosabatlarning tartibga solinishi sanaladi. Oilaning 
66
Педагогика назарияси ва тарихи. Педагогика назарияси. 1-қисм / Олий таълим муассасалари учун дарслик. 
М.Х.Тохтаходжаеванинг умумий таҳрири остида. М.Х.Тохтаходжаева ва б. – Тошкент: “Iqtisod-moliya”, 
2007. – 285-бет. 


89 
huquqiy xususiyatlari o’quv qo’llanmaning “Oilaning huquqiy asoslari. Ota-onalar 
va farzandlarning huquq va burch (majburiyat)lari” mavzusida batafsil 
yoritilganligi bois shu o’rinda ushbu masalaga qayta to’xtalib o’tishga hojat yo’q. 
Talabalar mazkur holatda avval o’zlashtirgan bilimlarini yodga oladilar. 
Shunday qilib, oilalarda oila a’zolari sonining qisqarishi, avlodlarning 
uzoqlashuvi oila tarbiyasiga nisbatan yangicha yondashuvni qaror toptirishni 
taqozo etmoqda. Ana shunday yondashuvlardan biri – bu oilalarga ijtimoiy-
pedagogik yordam ko’rsatish hisoblanadi. Ijtimoiy pedagoglar tomonidan oilaga 
tarbiyaviy yordam ko’rsatishda uning qarindoshlikka asoslanib, oila a’zolarini 
birga yashashlarini ta’minlovchi kichik ijtimoiy guruh yoki oila a’zolarining 
kundalik hayot kechirishlarini ta’minlovchi ijtimoiy institut sifatidagi rolini 
kuchaytirishga e’tibor qaratish zarur. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin