69
3. Notinch, baxtsiz oilalar.
Bunday oilalar ijtimoiy nuqtai nazardan hayotiy
faoliyatning muayyan sohasi bo’yicha past darajaga ega bo’lib, zimmasiga
yuklatilgan vazifalarni bajara olmaydi. Ota-onalar hamda farzandlarning ijtimoiy
moslashuv imkoniyatlari nihoyatda past. Shu sababli bunday oilalarda bolalarni
tarbiyalash jarayoni juda qiyinchilik bilan sekin boradi, ustiga ustak kam holatlarda
kutilgan natijaga erishiladi. Notinch, baxtsiz oilalar doimiy ravishda ijtimoiy
pedagogning faol, davomiy ko’magiga ehtiyoj sezadi. Bu kabi oilalar ega bo’lgan
muammolarning xarakteridan kelib chiqib, ijtimoiy pedagogning ularga uzoq
muddatli ta’limiy va psixologik yordam ko’rsatishi maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: