4. Oilaning kommunikativ vazifasi. Odatda oila hayoti uning a’zolari o’rtasida
tashkil etiladigan muloqotga asoslanadi. Zamonaviy sharoitda oila a’zolari o’rtasida
faol muloqotda bo’lish tanazzulga uchramoqda. Buning asosiy sabablari ommaviy
axborot vositalari sonining ortib borishi, ulardan axborot tarqatish ko’lamining tobora
kengayishidir. Aynan shu hodisalar tufayli har bir shaxs oila davrasida uyushtiriladigan
muloqotdan ko’ra ko’proq ommaviy axborot vositalari bilan munosabatda bo’lishni
ma’qul ko’rmoqda. Bu esa bir qator salbiy oqibatlarning kelib chiqishiga sabab
bo’lyapti: shaxs tobora individuallashib bormoqda, ommaning manfaatidan ko’ra o’z
qiziqish va intilishlarini ustun qo’ymoqda, o’zgalarning holatiga nisbatan befarqlik
kuchaymoqda. Oila davrasida suhbatlar odatda bolalarda kattalar – ota-ona, buva-buvi
va oilaning boshqa yoshi katta a’zolari namunasida atrof-muhitga, atrofdagilarga
nisbatan ijobiy yoki salbiy bo’lishidan qat’iy nazar munosabatni shakllantiradi. Shu
sababli farzandlar ishtirokida tashkil etiladigan suhbatlar doimo yoqimli, insonga
ko’tarinki ruh bag’ishlaydigan, bolalarni harakatga, o’qib-o’rganishga undaydigan,
ularda o’ziga nisbatan ishonch, atrofdagilarga nisbatan hurmatni uyg’otadigan
g’oyalarga asoslanishiga e’tibor qaratish lozim. Suhbatlar mavzusining burch, mardlik,
olijanoblik, saxiylik, kamtarlik, atrofdagilarga nisbatan muhabbat, bunyodkorlik,
yutuqlar (qaysi sohada bo’lishidan qat’iy nazar), biror bir kishining ibratli xatti-
harakatlari xususida bo’lishi bolalarda yashashga (yashaganda ham mazmunli, unumli
64
Педагогика назарияси / Олий таълим муассасалари учун дарслик. Муаллифлар: М.Х.Тохтаходжаева ва б.
Проф. М.Х.Тохтаходжаеванинг умум.таҳр.остида. – Тошкент: “Moliya-iqtisod”, 2010. – 302-бет.
77
hayot kechirishga) bo’lgan ishtiyoqni oshiradi, ertangi kunga bo’lgan ishonchni
mustahkamlaydi, ularni ijtimoiy faol bo’lishga rag’batlantiradi. Oila davrasidagi
suhbatlarda kimningdir salbiy xatti-harakati yuzasidan fikr bildirish mumkin. Ammo bu
boradagi fikrning bolalarga ibrat uchun aytish, bu kabi hodisalardan xulosa chiqarib
olish zarurligini uqtirib o’tish maqsadga muvofiqdir. Biroq, hech qachon inson shaxsini
baholashga urinmaslik, ayniqsa, “uning o’zi yaramas odam”, “u hech qachon odam
bo’lmaydi”, “uning ota-onasi (aka-ukasi, opa-singlisi va b.) ham yaxshi odamlar emas”
kabi asosli bo’lmagan hukmlarni chiqarishga urinmaslik lozim. Ota-onalar yoki
kattalarning shu taxlitda yo’l tutishlari bolalarda atrofdagilarga nisbatan
ishonchsizlikning qaror topishiga sabab bo’ladi. Oxir-oqibat bolalar hamisha
kimlarnidir o’zlari bilib-bilmagan holda ayblashni, boshqalarni g’iybat qilishni
o’rganishadi. Bolalarni yoshlikdan boshqalar, ayniqsa, kattalarni muhokama
qilmaslikka, aksincha, ko’proq o’z xatti-harakatlarini tahlil qilishga, xatolari ustida fikr
yuritishga, ularni to’g’rilash yuzasidan qarorlar qabl qilishga, o’zgalarning
mummolariga befarq bo’lmalikka o’rgatib borish maqsadga muvofiqdir. Shundagina
bolalarda ijtimoiy sub’ektlar bilan to’g’ri, samimiy muloqotni tashkil etish ko’nikmalari
shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: |